O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika Instituti Kafedra
TARAL1 TAROZILAR (Posongili tarozilar)
Download 31.77 Kb.
|
Farm tex 1
TARAL1 TAROZILAR (Posongili tarozilar)
Bu tarozilardan ko'p miqdordagi moddalar, idishlar, erituvchilarni tortishda foydalaniladi. Tarozilar stolga o'rnatilgan holda ishlatiladi. Bu xildagi tarozilarda «orretir» degan moslama bo'lib, uning yorda- mida tarozi ishlatilmay turganda, pallalari tarozi taxtachasiga tegib turadi. Bunday holda tarozi prizmalariga og'irlik tushmaydi. Tarozini ishlatishdan oldin orretirni tushirish kerak, keyin ko'rsatkich shkala bo'ylab harakat qilishi kuzatiladi. Ko'rsatkich shkala o'rtasidagi belgidan har ikki tomonga, ya'ni chap va o‘ng tomonga barobar borib kelishi tarozi pallalarining muvozanatda ekanligini ko'rsatadi. Quruq moddalar tarozi pallasining ustiga solib tortiladi. Suyuqliklar esa posongisi to‘g‘rilangan yoki oldindan tortib olingan stakan, kolba va shunga o'xshash yordamchi idishlarda tortiladi. Posongisini to'g'rilash uchun tarozi pallasining ikkinchi tomonida ham xuddi shunday qiymatli yordamchi vosita qo‘ysa ham bo'ladi. Masalan: har ikki pallada idishlar posongisini to‘g‘rilashda, ishlat- may, balki kichik metall qutichaga solib qo‘yilgan mayda pitra yoki toza yirik qumdan foydalaniladi. Tarozilarda aniq tortish uchun hamma tarozilar quyidagi asosiy metcobiologik talablarga javob berishi kerak: barqarorlik (doimiy sezgirlik), sezgirlik, aniqlik, turg'unlik. Barqarorlik yoki sezgirlik dcb, ishlatilayotgan tarozida bir xil sharoit- da jism massasining qayta-qayta tortganda bir xil natija berishiga ayti- ladi. Sezgirlik deb - tarozining bir pallasiga eng kam miqdordagi modda qo'yilganda tarozi muvozanati holatining o‘zgarishiga aytiladi. Sezgirlik yuklangan va cng oxirgi yukni miqdorini 1/10 qismini tarozida tortish yo'li bilan aniqlanadi. Amalda tarozi sezgirligini baholashda turli tarozilar uchun OST ning «yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatolik doimiy miqdor» jadvalidan foydalaniladi. Aniqlik yoki tcng yclkali deb tortiladigan yuk bilan standart yukning bir-biriga bo'lgan nisbati tengligiga aytiladi. Bunda yelkalari va simmetrik pallalari bir-biriga teng bo‘lishi kerak. Turg'unlik deb, muvozanat holatidan chiqarilgan tarozilarning bir qancha tebranishdan so'ng avvalgi holatiga kelishiga aytiladi.
Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling