O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 3.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toksikologik ahamiyati
Miqdoriy tahlili.
1. UB spektrofotometrik usulda. 2. YUSSX usullarida aniqlanadi. 23-MA`RUZA. ANTIDEPRESSANT DORI VOSITALARI. AMITRIPTILLIN, VENFLAKSASIN, MIRTAZAPIN, FLUOKSETIN. TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI VA TAHLIL USULLARI. Ma‘ruza rejasi: Antidepressantlarni fizik-kimyoviy tahlil usullari bo‗yicha sifat va miqdoriy tahlili Psixotrop dori vositalari orasida eng tez rivojlanib borayotgan sinflardan biri- antidepressantlar hisoblanadi. Antidepressantlar — psixotrop dori vositalari bo‗lib, depressiyani davolashda ishlatiladi. U depressiya holatidagi bemorni kayfiyatini yaxshilaydi, siqilish, bo‗shashishlarni kamaytiradi, psixik faollikni oshiradi, uyqu va ishtahani normallashtiradi. Birinchi avlod antidepressantlar Birinchi tritsiklik antidepressant imipramin 1957 yil sintez qilingan.Keyinchalik amitriptillin sintez qilingan Ikkinchi avlod antidepressantlari Geterotsiklik antidepressantlar: trazodon, mianserin, maprotilin, amoksapin. Uchinchi avlod antidepressantlar – Qayta tutib qoluvchi selektiv ingibitorlar. Ular samarali ta‘sirli, kam toksik ta‘sirga ega preparatlar hisoblanadi. (fluoksetin) Antidepressantlar klinik ta‘siriga ko‗ra quyidagicha sinflanadi: 1. Sedativ antidepressantlar – ajatiya, depressiv qo‗zg‗alishlarda ishlatiladi. Bularga trimipramin, doksepin, amoksapin, amitriptilin, azafen, mianserin,trazodon, fluvoksamin, buspiron kiradi. 2. Stimulyator antidepressantlar-apatik holatlarda ishlatiladi. Bularga imipramin, dezipramin, nortriptilin, fluoksetin, moklobemid va boshqalar. 3. Balanslovchi antidepressantlar maprotilin, tianeptin, sertralin, pirazidol, klomipramin, venlafaksin. Har ikkala holatda ishlatiladi. Toksikologik ahamiyati Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i siydik tutilishi, ich qotishi Og‗izning qurishi Ko‗rishning xiralashuvi Terida toshmalar 199 Eyforiya,uyqusizlik Gallyusinatsiya, psixik buzilishlar yuzaga keladi Antidepressantlar metabolizmi Antidepressantlar ichga qabul qilgandan so‗ng, tezda jigarda metabolitlanib, asosan N-demetillanish, gidroksillanish va glyukuron kislota bilan kon‘yugatsiyalanib, 60-70% peshob orqali chiqariladi. 5-10% atrofida o‗zgarmagan holda peshob orqali chiqariladi. Imipraminning metabolizmi: 2 ta asosiy metabolitlari Paroksetinning metabolizmi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling