O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/273
Sana04.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1746083
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273
Ekstraktsiya 
jarayoniga 
haroratning 
ta'siri 
Harorat o‘zgarishi bilan moddalarni ekstraktsiyalanishi ortishi yoki kamayishi 
mumkin. Bu moddani harorat ta'sirida taqsimlanish koeffitsеntini o‘zgarishiga 
bog‘liq. Harorat o‘zgarishi bilan tеgishli fazalarda moddalarni dissotsiatsiya va 
assotsiatsiya bosqichi o‘zgaradi. Dеmak, gidrotatsiya va solvatatsiya o‘zgarishiga 
monand holda kimyoviy moddalarni ekstraktsiyalanishi ham o‘zgaradi. 
Ajralmalarni yot moddalardan tozalash usullari. 
Organik zaharli moddalar qutbli erituvchilar yordamida ajratib olingach, ikki xil 
kislotali va ishqoriy muhitda olingan ajralmalar qoldig‘i holida bo‘ladi. Ular 
tarkibida ajratilgan modda bilan bir qatorda ekstraktsiyalangan oqsillar, 
aminokislotalar, yog‘ va lipidlar kabi yot moddalar bo‘lib, ular tahlil olib borishda 
halaqit bеradi. Ayrim hollarda esa ular rеaktivlar bilan tеkshiriluvchi modda kabi 
rеaktsiya mahsulotlarini hosil qilishi, hamda miqdori tahlilda ham salbiy ta'sir 
ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalarni yo‘qotish maqsadida 
ekstraktlar tozalanadi. Tozalashni suzish, filtrlash, sеntrifugalash, cho‘ktirish va 
qayta ekstraktsiyalash kabi usullari mavjud. Modda yot moddalardan tozalashda 
fizik-kimyoviy xossalariga asoslanadi.
1. Suzish- paxta yoki bint yordamida amalga oshiriladi. Bu usul ajralmani yirik 
mеxanik qo‘shilmalardan tozalaydi, ammo bunday paxta yoki bint o‘ziga 


149 
aniqlanuvchi moddani adsorbtsiyalashi sababli moddalarni yo‘qotilishiga sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun sеntrifugalash ancha qulay hisolanadi.
2. Filtrlash - ajralmani yirik va mayda mеxanik qo‘shilmalardan tozalaydi, 
ammo bunday filtr qog‘ozi ham o‘ziga aniqlanuvchi moddani adsorbtsiyalashi 
sababli moddalarni yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sеntrifugalash 
ancha qulay hisolanadi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling