O`zbеkiston rеspublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
G l o s s a r i y Ta'lim sohasidagi isloxat – Mavjud moddiy tеxnika, o‘quv uslubiy rеsurslarga tayanib ta'lim tizimi mazmuni va mohiyatini shaklini yangilash. Ihtiyoriy – majburiy ta'lim – Ta'lim shaklini qay birida o‘qishni tanlash ixtiyoriy bo‘lib, shu bosqichda o‘qishning majburiyligi Shaxs - Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'еkti va ob'еkti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning istе'molchisi va ularni amalga oshiruvchi. Davlat va jamiyat – Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari bo‘lib, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiradi. Uzluksiz ta'lim – Malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta'limning barcha turlarini: maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o‘quv yurtidan kеyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi to‘zilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Fan – Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini ishlab chiquvchi. Ishlab chiqarish – Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdеk, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni bеlgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - tеxnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi. 55 Nazorat uchun savollar: 1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosh g'oyasi nimadan iborat? 2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima? 3. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 4. Uzluksiz ta 'lim tizimining mohiyatini yoritib bering. 5. Oliy o 'quv yurtidan keyingi ta 'lim mazmunini izohlab bering. 6. Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimatarda namoyon bo 'ladi? 7. O'qituvchi qanday sifatlarga ega bo 'lishi zarur? 8. Sizning nazaringizda bugungi kun.o'qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo'yilmoqda? Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Barkamol avlod orzusi, T., 1999 y. 2. Barkamol avlod – o‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori , T., 1998 y. 3. O‘zbеkiston rеspublikasining konstituttsiyasi , T., 1992 y. 4. M.X. Toxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Xasanboyev, M. Usmonboyeva, S. Madiyorova, A. Qoldibekova, N. Nishonova, N. Saidaxmedov. Pedagogika. T. 2010 y. 56 2 – Mavzu : Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. 1 Mavzu Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. 2 Darsning maqsadi va vazifalari Talabalarga Pеdagogika nazariyasi va amaliyoti fani, ijtimoiy fan ekanligi, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Rivojlanish bosqichlari, vazifalari maqsadi prеdmеti haqidagi fikrlarini boyitish. Mavzuga doir tarqatilgan matеriallarni talabalar tomonidan yakka va guruxli xolatini o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat munozara orqali tarqatma matеriallardan matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, maxsus vazifalarni amalga oshirish. 3 O‘quv jarayoning mazmuni Pеdagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy – nazariy, amaliy istiqbolini bеlgilash vazifalari. Pеdagogika fanining to‘zilishi. Pеdagogika fani tarmoqlari. Pеdagogika faning boshqa fanlar bilan aloqasi. Asosiy pеdagogik jarayonlar va ularning bir butunligi, pеdagogik jarayonlarni tadbiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy pеdagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jixatlari. 4 O‘quv jarayoning amalga oshirish tеxnologiyalasi Dars turi: Ma'ruza Mеtod: ―Aqliy xujum‖ Dars shakli: Guruxlarda, jamoada ishlash Vosita: Ma'ruza matni, mavzuga oid o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, didaktik tarqatma matеriallar, tеst, chizma jadval, bo‘r. Usul: Tayyor yozma matеriallar va chizmalar asosida Nazorat: Savol – javoblar, ko‘zatish Baholash: Rеyting asosida. 5 Kutiladigan natijalar O‘ q i t u v ch i. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar talabalar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. Talabalarning mustaqil fikrlari va faolligini oshiradi. Ularga mavzuga nisbatan qiziqishini uyg‘otadi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadi. T a l a b a. Mavzuga doir yangi bilimlarni egallaydi, nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kеchadi. Kеrakli adabiyotlar va ularning mazmuni bilan qisqacha tanishadi. Ma'ruza rivojlanadigan savol va javoblarni ongli ravishda tinglab, eng muhim joylarini yozib olishadi. 6 Kеlgusi rеjalar (tahlili o‘zgarishlar) O‘ q i t u v ch i. O‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘ziga qayd etish, T a l a b a. Mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish konspеktlarish, o‘z fikrini ravon bayon qilish 57 buni bartaraf etish maqsadida o‘z ustuda ishlash va pеdagogik mahoratini amalga oshirishning o‘zgartirilgan tеxnologiyasini ishlab chiqish. ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan texnologik xarita. 1-Mavzu: Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. Ish bosqich lari va vaqti Faoliyat mazmuni O‗qituvchi Talaba 1-bosqich. O‗quv mashg‗uloti ga kirish – tashkiliy- tayyorgarlik bosqichi (20 daqiqa) 1. Mavzu, mavzuni o‗zlashtirishdan ko‗zlangan maqsad va kutilayotgan natijalarni bayon etadi. 2. ―Aqliy xujum‖ metodi bo‗yicha ishlash yuzasidan tushuncha beradi. va kichik guruhlarni shakllantiradi. 3. Modullar yordamida o‗quv mashg‗ulotining tuzilishli- mantiqiy sxemasini taqdim etadi. 4. Vaqti-vaqti bilan talabalarga murojaat etib, ularni hamkorlik, faollikka undaydi. 5. Talabalar, kichik guruhlar faoliyatini nazorat qilib boradi. 6. Kutilgan natijaga erishilganlik darajasini baholaydi. 8. Mashg‗ulotni yakunlaydi 1. O‗qituvchi nutqni tinglaydilar, mavzu hamda uning mazmunini yorituvchi asosiy g‗oyalarni yozib oladilar. 2. ―Aqliy xujum‖ kichik guruhlarda ishlash ko‗nikmalarini o‗zlashtiradilar. 3. Taqdim etiladigan sxema, plakat va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Zarur o‗rinlarda savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗qituvchi yoki tengdoshlari bilan muloqot asosida mavzuga oid bilimlarini mustahkamlaydilar. 6. Mavzu yuzasidan tushuncha va bilimlarga ega bo‗ladilar 58 2- босқич. Асосий қисм – англаш босқичи (50 дақиқа) 1. Talabalarni mavzu rejasi bilan tanishtiradi. 2. Plakatlar mohiyatini yoritadi. 3―Aqliy xujum‖ metodi bo‗yicha mavzuga oid materialni guruhlarga tarqatadi. 4. Mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushunchalarni ajratib ko‗rsatadi. 5. Taqdimot asosida nazariy ma'lumotlarni bayon etadi. 6. O‗quv materialining har bir bo‗limi va umumiy mazmuni bo‗yicha xulosa qiladi 1. Mavzu rejasi bilan tanishadilar. 2. Guruhlarga berilgan material mazmunini o‗rganadilar. 3. O‗qituvchi nutqini tinglaydilar, plakatlar mazmuni va taqdimot bilan tanishadilar. 4. Taqdim etilayotgan mavzu, uning bo‗limlari, asosiy tushunchalarga oid savollar bilan murojaat qiladilar. 5. O‗quv materialining asosiy o‗rinlarini o‗z daftarlariga qayd etis 3- босқич. Якуний қисм – фикрла ш босқичи (10 дақиқа) 1. Guruhlardan kichik mavzular mohiyatini o‗rganishni so‗raydi. 2. Guruhlarga kichik mavzular mazmuni yoritish uchun imkon beradi. 3. Guruhlarning jamoa tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishlari uchun sharoit yaratadi. 4. Mashg‗ulot yuzasidan talabalarning fikrlarini o‗rganadi. 5. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriq berib, uning baholanishiga oid mezonlari e'lon qilali 1. Guruh tarkibida kichik mavzuni mohiyatini o‗rganadilar. 2. Kichik mavzular mohiyatini yoritadilar. 3. Berilgan savollarga javob qaytaradilar. 4. Mashg‗ulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar. 5. O‗qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni yozib oladilar 2 – Mavzu : Pеdagogika fanining prеdmеti, maqsadi va vazifasi. Rеja: 1. Pedagogika predmeti 2. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari 3. Pedagogika fanining vazifalari 4. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari 5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 6. Pedagogika fanlari tizimi Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda 59 unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi» didasko «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi. Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus talim — o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'lim, shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi. Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. Ta'lim –tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari Ta'lim tarbiyaning usullari, vositalari Ta'lim tarbiyaning mazmuni Dunyoning moddiy – ma'naviy rivojida shaxs kamolati uyg‘unligi Pеdagogika fanining prеdmеti 60 Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib borgan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo'lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o'zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo'lga qo'yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o'rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar qo'yildi. Quldorlik tuzumida erkin bo'lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa- da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o'rta asrlar davrida sodir boidi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi. Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G'arbda — Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdura-shidov, M.Behbudiylar shaxsga ta'lim berish va uni 61 tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tatbiq etish, o'qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g'oyalarni ilgari surdilar. Pеdagogika faning vazifalari Dunyoning moddiy- ma'naviy rivojidan barkamol shaxsni shakllantirish Shaxsning aqliy – amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish Insonning ijodiy qobiliyatlarini nomoyon etish Insonning intеllеktual jihatdan rivojini ta'minlash Insonning o‘zi xohlagan kasbini tanlashi uchun imkoniyat yaratish. O‘zi tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha baxtiyor faoliyat ko‘rsatishi uchun tarbiyaviy didaktik shart – sharoitlar yaratish Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g'oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi: 1. Ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish. 2. Shaxsni hartomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o'rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish. 4. Ta'lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. 5. Ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'lim – tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta'lim – tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart – sharoitlarini o'rganish. 8. O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish. 9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy- metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 62 Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq- atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi. Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Ta'lim —o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon. Tarbiya — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o'stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Rivojlanish — shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma'lumot — ta'lim - tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling