O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Dedline
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyohli printer
- Joystik
Ignali printerlar: keng tarqalgan printerlar turi. Uning ishlash qoidasi
quyidagicha: printerning yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshcha yozuv satri bo’ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo’yalgan lenta orqali qog’ozga uriladi va natijada qog’ozda belgi yoki tasvir paydo bo’ladi. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha Siyohli printer: sifati lazerli printerga yaqin va narxi ham arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko’pchilik undan foydalanayapti. Tezligi bir bet uchun 15 dan 100 sekundgacha. Lazerli printerlar : bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta`minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko’chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter komandasi yordamida elektrlanadi. Bo’yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo’ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 dan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko’proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar mavjud. Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o`yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo`llanadi. Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog`ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog`ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300x300 s m o`lchamgacha bo`lgan katta qog`ozlarga ham chiqarilishi mumkin. 14 Skaner - foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko`rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo`l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o`z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo`linadi. Skanerning har bir turi qo`yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o`z joyida qo`llanadi. Strimer - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko`chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko`chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi. Modem - kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o`zaro bog`lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o`zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling