O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


va uzatish kabi vazifalarni yengillik bilan tezda amalga oshirish mumkin.  Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning bir necha turi mavjud; stol kompyuteri


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana23.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1795998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-Dedline

va uzatish kabi vazifalarni yengillik bilan tezda amalga oshirish mumkin. 
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning bir necha turi mavjud; stol kompyuteri, 
noutbuk, netbuk, cho’ntak kompyuteri mavjud. Shaxsiy kompyuter ikkita 
tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot
(software) larder. 
Apparat ta’minoti - bu birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va 
qo’qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Kompyuter apparat va dasturiy ta’minoti 
orasidagi bo’lanish interfeys deb ataladi. 



Shaxsiy kompyuterlar quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: 
-sistemabloki; 
-monitor; 
-klaviatura; 
-sichqoncha; 
-tashqi qurilmalar. 
ASOSIY QISM 
 
1. Sistemali blok vazifasi: Sistemali blok – o’zida bir necha murakkab 
qurilmalarni birlashtirgan va himoya g’ilofiga o’ralgan qurilma. Unda asosiy plata, 
protsessor, xotira, qattiq disk kabi muhim qurilmalar joylashgan. 
Asosiy plata – yaxlit asosga yig’ilgan electron sxemalardan iborat. Unga 
protsessor, xotira va boshqa qurilmalar ulanadi. 
Protsessor - kompyuterning tarkibiy qurilmasi hisoblanib, boshqa barcha 
qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik 
va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog`lanadi va barcha mahalliy 
qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira 
qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o`qish va bajarish, natijani 
yozib qo`yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat 
takrorlanuvchi jarayon.
Qattiq disk – ma;lumotlarni saqlovchi qurilmasi. Kompyuterning ichida 
joylashgan bo`lib, uning hajmi bir necha Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda 
silindrsimon shaklidagi maxsus germetik idishga joylashtirilgan bir o`qqa 
mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklarning majmuini tushuniladi. 
Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi ham mumkin.
Kompakt disklarning axborot sig`imi o`rta hisobda 
640 Mbayt ni tashkil etadi. Undagi axborotlarni yozish 
yo`lchalari spiralsimon shaklda bo`lib, ma`lumotlarni 
o`qish va yozish lazer nuri ko`magida amalga oshiriladi. 
Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy qotishmalaridan 
tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda 
bo`ladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo`ljallangan 
diskdonning vazifasi ham oddiy diskdonnikiga o`xshash 
ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer nuridan 
foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur berib 
qizitib bo`rttiriladi. Kompakt disklar bilan ishlashga mo`ljallangan diskdon ichida 
kichik quvvatda berilgan nur kompakt diskning bo`rtib chiqqan qismlariga borib 
urilib akslanadi. Nurning akslanib qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa 
nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig`imi 10 Gbaytgacha boradigan kompakt 
disklarni ishlab chiqish yo`lga qo`yilmoqda. Kompakt disklarda axborot saqlash 
qulay bo`lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda sekindir. Ushbu 
disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo`ladi. Magnit disklarning 
yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni keltirishimiz mumkin. Bu 



disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning yutuqlari birlashgan. 
Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig`imlarining kattaligi, olib yurish 
mumkinligi, ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu diametrli egiluvchan 
disklarga qaraganda o`rtacha olganda ularning sig`imlari hajmi 300, axborotlarni 
o`qish yoki yozish tezligi esa 10 barobardan ham ortiq kattadir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling