- 1. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda affektiv belgilar asosan, depressiv buzilishlar va xavotirli buzilishlar bilan namoyon bo‘lishi aniqlandi.
- 2. Affektiv belgilarning rivojlanishi yoshi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, bandlik darajasi, stress omili tasirining davomiyligi bilan aloqador bo’lib, bular affektiv sfera buzilishlariga o’z tasirini ko’rsatishi aniqlandi. Epilepsiya tashxisi qo‘yilgan bemorlarning ko‘p hollarda jamiyatdan ajralib qolganligi, o’zini himoyasiz his qilish natijasidagi ruhiy tushkunlik va bemorlar muloqotga qiyinchilik bilan kirishishi, ichki kechinmalari to’liq ifoda etib bera olmaslik aniqlandi.
3. Bemorlaning affekt buzilish darajasini tekshirish maqsadida GAD-7, PHQ-9 shkalalaridan foydalanish orqali, ularni guruhlarga ajratish va tashxis qo’yishda samarali ekanligi aniqlandi. - 3. Bemorlaning affekt buzilish darajasini tekshirish maqsadida GAD-7, PHQ-9 shkalalaridan foydalanish orqali, ularni guruhlarga ajratish va tashxis qo’yishda samarali ekanligi aniqlandi.
- 4. Affektiv buzilishlar hali rivojlanmagan nazorat guruhida manfiy psixoemotsional omillardan jamiyatdagi diskriminatsiyaning bo‘lishi bemorlarga dastlabki tashxis qo‘yilgandayoq ular bilan psixoterapevtik muolajalar orqali shug’ullanish bilan affektiv buzilishlarning samarali oldini olish mumkin.
Amaliy tavsiyalar - 1. Olingan natijalar epilepsiya kasalligining kechishida davo maqsadini faqat tutqanoq xurujlariga emas, bemorlarda affektiv buzilishlar rivojlanishiga ham qaratish zarurligini ko’rsatgani bois epilepsiya tashxisiilk bor qo’yilgan barcha bemorlarda psixoterapevtik davo muolajalarini erta davrda boshlash affective belgilarning rivojlanishini sezilarli kamaytiradi.
- 2. Affektiv buzilishlar orasida depressiya va xavotirli buzilishlar yaqqol namoyon bo'lishi va ko'p uchrashini hisobga olsak, belgilangan davolarga qo’shimcha sifatida ushbu buzilishlarning oldini polish maqsadida depressiya va xavotirga qarshi davolardan foydalanish samarali bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |