O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali davoash fakulteti 206b guruh talabasi Norqobulov Bunyodning Farmakologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.51 Mb.
bet1/4
Sana04.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1424266
  1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH. Retseptura. Doza

MAVZU: KIRISH Retseptura. Doza. Suyuq dori shakllari.

Mavzu:

  • Farmakopeya (yun. pharmacon — dori, zahar va poieo – tayyorlayman) – dori moddalar sifatini belgilaydigan, tibbiyot va farmasiya qonunlarining umumdavlat standartlari va nizomlari to’plamidir. Har bir davlatning o’z farmakopeyasi bo’lishi mumkin va u Davlat farmakopeyasi deb ataladi. Ular Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga (JSST) qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida tuzilgan.

DOZALAR VA O’LCHOV BIRLIKLARI

  • Doza – bu dori moddalarining organizmga bir marotaba kiritiladigan, ma’lum farmakologik ta’sirni yuzaga keltiruvchi miqdoridir. Dozaning quyidagi turlari mavjud: • Bir martalik doza (Dosis pro dosi) • Sutkalik doza (Dosis pro die) • Kurslik doza (Dosis pro curso)

Ushbu dozalarning har biri o’rtacha terapevtik, yuqori terapevtik va minimal (bo’sag’a) dozalariga bo’linadi. Shuningdek

  • O‘lim rivojlantiruvchi doza (Dosis letalis) • Zaharli yoki toksik doza (Dosis toxica) • Maksimal yoki yuqori doza (Dosis maxima - Md) • Terapevtik yoki o‘rtacha doza (Dosis terapevtica - td) • Minimal, yoki bo’sag’a dozasi (Dosis minima - md)

Terapevtik doza – bu

  • balog‘at yoshiga (24 yosh) yetgan, vazni 70 kg bo’lgan shaxsga bir marta qabul qilish uchun beriladigan dori miqdori bo‘lib, u maksimal dozani 2 yoki 3 ga bo‘lish orqali topiladi: td = Md / 2 yoki 3 Bolalar uchun terapevtik dozani hisoblash: 1) Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning yoshini inobatga olib hisoblanadi: td bola = td katta x Y bola yoshi / 24 2). Kattalar uchun terapevtik dozadan bolaning vaznini inobatga olib hisoblanadi: td bola = td katta x V bola vazni / 70 Keksa yoshdagi bemorlarga kattalarga beriladigan dori miqdorining 3/4 yoki 1/2 qismi beriladi. Izoh: mazkur formulalarda td – terapevtik doza, Md – maksimal doza, Ybola yoshi bolaning yoshi, 24 – kattalar bilan bolalar orasidagi chegaraviy yosh, Vbola – bolaning vazni, 70 – kattalarning o’rtacha vazni. Resepturada og’irlik o’lchov birligi sifatida 1 gramm qabul qilingan, ya’ni 1 sm3 distillangan suvning 4°C haroratdagi o’g’irligi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling