O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Gidrokinetika quyidagi masalalarni o’rganadi
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Gidrokinetika quyidagi masalalarni o’rganadi: suyuq muhitga tushayotgan jismning oquvchanligini va suyuqlikni kanallar bo’yicha ko’chib o’tishini. Bunday bir jinsli bo’lmagan suyuqliklar sifatida suspenziya, emulsiya, ko’piklar, chang va tutun, tumanni keltirish mumkin.
Farmatsevtika korxonalarida dori turlarini tayyorlash bir nechta mexanik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Misol uchun, kukunlarni tayyorlashda maydalash, elash, aralashtirish jarayonlaridan, granula, tabletka, kapsula dori shakllarida esa qo’shimcha ravishda namlash, donadorlash, taxtakachlash bosqichlari ham qo’shiladi. Zamonaviy qarashlarga ko’ra,qattiq materiallarni maydalash deganda mexaniq kuch ta’sirida xom ashyo ichida kuch paydo bo’lib, ma’lum bir nuqtada qattiqlik chegarasiga yetib materialning qattiqlik darajasi buziladi. Тashqi ta’sir to’xtaganda yoriklar molekulyar kuch hisobiga bir–biriga yopishishi mumkin, shuning natijasida xom ashyo faqat qayishqoq deformatsiyaga uchraydi. Maydalash jarayoni yangi yuzalarni hosilbo’lishi va energiyasarfi bilan bog’liq. Deformatsiya natijasida zarrachalarning ichki ishqalanishini va materiallar aro va asbobning ishchi detallari bilan ishqalanishini oldini oladi. Maydalash uchun sarf bo’ladigan energiyani aniqlash hammaga ma’lum bo’lgan ikki nazariya asosida: yuza va hajmiy bo’ladi. Yuza nazariyasiga binoan, maydalash jarayonidagi ish xom ashyoni parchalanish yuzasi bo’yicha molekulalar tortishish kuchini yengishga sarflanadi. Ushbu nazariyaga ko’ra, maydalash uchun zarur ish, maydalanish natijasida yangi hosil bo’layotgan yuzalarga to’g’ri proporsionaldir. Ҳajmiy nazariyaga binoan, maydalanish jarayonidagi ish xom ashyo deformatsiyasiga, ya’ni eng yuksak parchalanish deformatsiyasiga yetkazish uchun sarf bo’ladi. Maydalash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan barcha ishRittinger (Berlin, 1867g.) formulasi orqali aniqlaniladi
Bu yerda, AD- parchalanayotgan bo’lak jismning deformatsiyasiga sarflanayotgan ish, J; AYu - yangi yuza hosil qilishuchun sarflangan ish, J; K1 - jismning hajm birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo’lgan ishga proporsionallik koeffitsiyenti; K2 - yangi yuza hosil qilish uchun sarflangan ishga teng proporsionallik koeffitsiyenti; ΔV - parchalanayotgan jism hajmining o’zgarishi; ΔF - yangi hosil bo’lgan yuza. Rittengerningmaydalash nazariyasiga binoan, ish maydalash paytidagi hosil bo’lgan yuza qiymatiga to’g’ri proporsionaldir. Maydalash darajasi katta maydalash jarayonida jism bo’lagi deformatsiyasiga sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo’ladi. Unda ΔF~D2ekanligini inobatga olib, quyidagi formulaga to’xtalamiz: bu yerda, - jism bo’lagining o’lchami; - proporsionallik ko’rsatkichi. Rittenger nazariyasini yuzaga kelish holatini ko’rib chiqamiz. Masalan, kub qirrasining uzunligi n, maydalangandan so’ng esa 1/n bo’ldi. Maydalash jarayonini tashqi kuchlar ta’sirida jism qirralariga parallel ravishda tekisliklar bo’ylab parchalanadi deb tushunish mumkin. Agar parchalanish aa’, vv’ va ss’ tekisliklar bo’yicha parchalansa, unda 8 ta n/2 uzunlikka ega qirrali yangi kublar hosil bo’ladi (-rasm). -rasm
Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling