O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Elektrimpuls razryadlarini paydo bo‘lishi


Download 390.77 Kb.
bet100/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

12.Elektrimpuls razryadlarini paydo bo‘lishi. Elektr razryadlarini ta’sir ettirilishi zaryadlarni uchqunlanishi hisobiga ajratma olish jarayonini tezlashishiga sabab bo‘ladi. Bunda xomashyo hujayralarida mikroportlashlarni yuzaga kelishi hisobiga hujayra tuzilishi buziladi, natijada biologik faol moddalarni ajratuvchi tomonga haraktalinishini tezlashishi hisobiga ajratma olish jarayoni tezlashadi va biofaol moddalarni chiqish tezligi ham ortadi.

Nastoykalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (ajratuvchilar)

Ajratuvchilar (ekstragentlar). Sanoat miqiyosida fitopreparatlar ishlab chiqarishda ularning turg‘unligini ta’minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega.

Fitopreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- biologik faol moddalarni maksimal, ballast moddalarni esa minimal darajada tanlab eritish;

- xomashyo mikrog‘ovakliklaridan va hujayra devoridan oson o‘tishi, yuqori namlovchi xossasiga ega bo‘lishi;

- ta’sir etuvchi modda va asbob uskunalarga salbiy ta’sir etmasligi

- zaharli va oson alangalanuvchan bo‘lmasligi;

- hidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo‘lishi;

- nisbatan past har haroaratda oson uchuvchan, lekin turg‘un bo‘lishi kerak.

Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan ajratuvchilar yuqoridagi talablarning hammasiga to‘liq javob bera olmaydi. Shu sababli muayyan sharoitda u yoki bu ajratuvchi, ba’zan ularning har xil nisbatdagi aralashmalari ishlatiladi. Lekin fitopreparatlar ishlab chiqarishda asosiy ajratuvchi bo‘lib har xil quvvatli etil spirti ishlatiladi. O‘simlik xomashyolaridan ajratma olishda ishlatiladigan asosiy ajratuvchilarning xossalari jadvalda keltirilgan.



Korxona sharoitida ajratma olish uchun xomashyo tarkibida qaysi guruh ta’sir etuvchi moddalari borligi, ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshqa jihatlar hisobga olingan holda ajratuvchi tanlanadi.


Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling