O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


O‘ta tozalangan va yakka tartibda ajratib olingan preparatlar


Download 390.77 Kb.
bet101/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

O‘ta tozalangan va yakka tartibda ajratib olingan preparatlar

Bu guruh dori vositalari birinchi marta XIX asr oxirlarida Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarila boshlandi va novogalen preparatlari deb ataldi. O‘sha vaqtlarga kelib, yurak qon tomiri kasalliklarida o‘simliklardan olingan dori vositalarini ishlatish imkoniyatlari qidirila boshlandi. Lekin nastoyka va ekstraktlar ta’sir etish tezligi bo‘yicha bu talabga javob bera olmas edi. Shuning uchun ham ularni in’eksion dori turi sifatida ishlatish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Bizda yurak glikozidlari saqlovchi dori vositasi adonilen birinchi marta 1923 yilda ishlab chiqarildi. Keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasi takomillasha borib, boshqa guruh biologik faol moddalar saqlovchi dorivor o‘simliklardan novogalen preparatlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular dorivor o‘simliklardan olingan bo‘lib, o‘z tarkibida ta’sir qiluvchi moddalar majmuasini tabiiy holda saqlaydigan va yot moddalardan to‘la tozalangan, turg‘unlashtirilgan bo‘lib, ta’sir qiluvchi moddasi bo‘yicha baholanadi. Bu bilan ular nastoyka va ekstraktlardan farq qiladi.

Novogalen preparatlari ta’siri bo‘yicha toza moddalarga yaqin bo‘lsa ham, terapevtik ta’sir qilish ko‘lamining ancha kengligi, hamda ta’sir qiluvchi moddalar majmuasini saqlashi bilan galen preparatlarga yaqin turadi. Bu preparatlarni tayyorlash usullari har biri o‘ziga hos bo‘lsada, asosan xomashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Ajratma olishda avvalgi bo‘limlarda bayon etilgan hamma usullardan foydalanish mumkin.

O‘simlik xomashyolari Galen preparatlariga o‘xshash tayyorlanadi. Novogalen preparatlarini tayyorlashda ajratuvchini tanlash asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Ajratuvchilarni shunday tanlab olish lozimki, ular selektiiv xossaga ega bo‘lib, xomashyodan iloji boricha ta’sir qiluvchi moddalar majmuasini to‘la ajratadigan, begona moddalarni esa ajratmaydigan, yoki kam miqdorda ajratadigan bo‘lishi lozim. Ular yaxshi adsorbent va desorbent, yuqori diffuzion xossali, oson bug‘lanadigan, arzon, alangalanmaydigan va portlamaydigan bo‘lishi kerak. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatli etil spirti, og‘ir metall tuzlarining eritmalari va universal ajratuvchi (hajm bo‘yicha 95 qism xloroform va 5 qism 95% etil spirti) lardan foydalaniladi.

Og‘ir metall tuzlarining eritmalarini olishdan maqsad xomashyo hujayralaridagi biofaol moddalar suvda erib, ajratmaga o‘tadi, yuqori molekulali massali moddalar esa og‘ir metallar bilan cho‘kma hosil qilib, hujayrada qoladi.

Ajratmalar asosan matseratsiya, aylanma (sirkulyasion) matseratsiya, kasrli matseratsiya va ba’zan ultratovush usullari yordamida olinadi.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling