O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Namlash usulida granulyatsiyalash
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namlash usulida granulyatsiyalash mexanizmi.
- Qoldiq namlik.
Namlash usulida granulyatsiyalash. Bu usul quyidagi asosiy bosqichlar bilan amalga oshiriladi:
- dori va yordamchi moddalarni mayda zarrachalar holida maydalash va aralashtirish; - aralashmani granula hosil qiluvchi suyuqlik ya’ni bog’lovchi modda bilan aralashtirish; - granulyatsiyalash; - quruq granulalarni upalash. Namlash usulida granulyatsiyalash mexanizmi. Maydalash va aralashtirish jarayonlari odatdagidek, har xil tuzilishga ega bo’lgan tegirmonlar va aralashtirgichlarda amalga oshiriladi. Olingan kukunlar aralashmalari elakdan o’tkazilib, ularni granula holiga keltirish uchun kerakli darajagacha bog’lovchi modda bilan namlanadi. Bog’lovchi moddaning turi va miqdori, granula tarkibiga kirgan dori va yordamchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga qarab, tajriba yo’li bilan aniqlanadi natijalar granulalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun tayyorlangan reglamentda keltiriladi. Agar bog’lovchi modda me’yoridan kam bo’lsa mayda granulalar miqdori ortib ketadi, ko’p bo’lsa massa qayishqoq bo’lib, granula hosil bo’lish jarayoni qiyin kechadi. Qoldiq namlik. Presslanadigan massadagi qoldiq namlik tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida katta amaliy ahamiyatga ega. Qoldiq namlik me’yoridan ko’p bo’lsa, massa puanson va qoliplarga yopishadi, qolipni bir tekis to’ldirmaydi va ko’p miqdorda sirpantiruvchi modda qo’shish lozim bo’ladi. Bu esa tabletkalarning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday tabletkalarning tashqi ko’rinishi qoniqarsiz bo’lib, parchalanishi qiyinlashadi, qolipdan itarib chiqarishga ko’p kuch sarflanadi. Qoldiq namligi me’yoridan kam bo’lsa, massa qiyin presslanadi, pressalash uchun katta bosim talab qilinadi, bu esa tabletka mashinalarini muddatidan oldin yemirilishiga sabab bo’ladi. Shuningdek tabletkalarning sinishga va ishqalanishga bo’lgan qattiqligi kamayib, chetlari uvalanib ketadi. Shuning uchun presslanadigan massani me’yorigacha quritish va mo’’tadil qoldiq namlikni tanlab olish kerak bo’ladi. Ҳar xil moddalar uchun qoldiq namlik har xil ko’rsatgichga ega bo’lib, u moddaning tabiatiga bog’liq. Тabletka tayyorlanadigan massaning qoldiq namligi me’yoridan kam bo’lsa, taxkamchlanish jarayoni qiyin kechadi, ishqalanish ko’p bo’ladi, tabletka sifati yaxshi bo’lmaydi. Namlik me’yoridan ortiq bo’lsa, massa qayishqoq bo’lganligi sababli qolipga yopishishi kuzatiladi, mashinaning ishlash me’yori buziladi, tabletka sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun har bir taxkachlanadigan massa ma’lum miqdorda namlik saqlashi kerak. Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling