Plastifikatorlar – kapsulaning mexanik mustaxkamligini yaxshilash, talab darajasida elastikligini hamda qattiqligini ta’minlash, shuningdek, mo’rtligini yo’qotish maqsadida jelatina massasiga qo’shiladi. Bu maqsadda eng keng qo’llaniladigan moddalar: glitserin (CAS № 56-81-5), sorbit (ТSh 64-5-17-80), PEO-400, polietilenglyukol, polipropilen, polietilensorbit (3-15%) va oksietilen (4-40%) aralashmasi, geksantropol va boshqa moddalar yoki ularning aralashmalaridir
Plastifikatorlarning miqdori qattiq jelatinali kapsula qobig’ining umumiy og’irligini 0,3 - 1,0%, yumshoq jelatinali kapsula qobiqlari umumiy og’irligining 20 - 45% tashkil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |