Jelatina – CAS № 9000-70-8. Jelatina (lotincha “gelare” – “qotmoq, qotib qolmoq”) kollagenning qisman gidrolizidan hosil bo’lgan mahsulot, u oqsil tabiatiga ega, bog’lovchi to’qimalarning asosiy qismini tashkil etadi. Ҳayvonlarning teri, pay, shox, suyak hamda tuyoqlarida ko’p miqdorda uchraydi. Dunyo miqyosida jelatina xom ashyosi asosan Ғarbiy Yevropada ishlab chiqariladi.
Jelatinaning asosini inson organizmi uchun zarur bo’lgan, almashtirib bo’lmaydigan, 19 ta aminokislotadan tashkil topgan polipeptid zanjir; glycin 21,5 - 30% gacha, prolin 12%, hydroxyprolin 12%, glutam kislotasi 10%, alanin 9%, arginin 8%, aspargin kislotasi 6%, lysin 4%, serin 4%, leucin 3%, valyn 2%, phenylalanin 2%, treonin 2%, isoleucin 1%, hydroxylysin 1%, methionin va gistidin <1% hamda tyrosin <0.5% tashkil qiladi.
Jelatina bezarar, hattoki me’da-ichak traktida og’ir buzilish holalarida ham tez va oson o’zlashtiriluvchanlik xususiyatiga ega.
Suyak va teridan kislota va ishqor ishtiroki bilan matseratsiya usulida kollagen ajratib olinadi. Kislota va ishqor kollagenni zanjir hosil qilmagan (shoxlanmagan) aminokislotalarga parchalaydi. Zanjirning uzunligiga qarab jelatinaning og’irligi 40 000 dan 100 000 gacha bo’ladi.
“Jelatin. Тibbiyot sanoatida ishlatish uchun xom ashyo” asosiy ko’rsatkichlari keltirilgan DSТ 11293-89 bilan tasdiqlangan.
Jelatina parchalanish usuliga ko’ra Jelatin A (kislotali muxitda eriydigan) va Jelatin V (ishqoriy muxitda eriydigan)ga bo’linadi. Bu ikki tur, bir-biridan fizik-kimyoviy xossalari bilan farqlanadi. Kapsula qobiqlarini hosil qilishda jelatina bilan birgalikda yana bir qancha asosiy va yordamchi xom ashyolardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |