Shamchalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (shamcha asoslari)
Shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasida asoslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
xona haroratida yetarli qattiqlikka ega bo‘lishi;
erish va suyuqlanish haroratini tana haroratiga yaqin bo‘lishi;
to‘g‘ri ichak shilliq qavatini qitiqlamasligi, shuningdek boshqa noqulay holatlarni keltirib chiqarmasligi, umuman inson organizmi uchun fiziologik indefferent bo‘lishi;
dori moddasining dori shakli tarkibidan ajralib chiqishiga va terapevtik samaradorligiga to‘sqinlik qilmasligi;
dori moddasi bilan shamcha massasi tarkibida to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishi lozim.
Texnologik jarayon uchun asoslar quyidagi afzalliklarga ega bo‘lishi kerak:
Shamchalarni ishlab chiqarish va saqlash jarayonida kimyoviy va fizik turg‘unlikka ega bo‘lishi;
biz xoxlagan shaklga oson kira olishi, saqlash va qo‘llash jarayonida yyetarlicha qattiqlikni ta’minlay olishi;
kerakli miqdordagi eritmalarni yyetarlicha emulgirlay olishi;
yetarlicha plastik, qovushqoqlik, deformatsiya vaqti va struktura-mexanik xossasiga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |