O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aerozol qadog‘idagi ko‘pik hosil qiluvchi preparatlar
Rektal tamponlar. Bu dori shakllari dori moddasi shimdirilgan paxta o‘ralgan o‘qdan iborat bo‘lib, paxta yupqa qavat alginat bilan qoplangan. Ishlatishdan avval tampon bir necha vaqtga suvga botirib qo‘yiladi, sababi yupqa qavat alginat suvga bo‘kadi natijada, dori moddasining diffuziyalanishiga xalaqit bermaydi. Tampon to‘g‘ri ichakka, 2 soat mobaynida qo‘yiladi. Asosan bavosilni (gemmoroy) davolash uchun ishlatiladi.
Aerozol qadog‘idagi ko‘pik hosil qiluvchi preparatlar. Bu dori shakllari xozirgi kunga kelib juda rivojlanib ketdi. Ko‘piklar proktologiya amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa dori shakllariga qaraganda qulayroq va oddiyroq. Surtmalar va kremlar ichak shilliq qavatlariga yuzaki kirib borishi bilan yetarli terapevtik samaradorlikni bermaydi. Shamchalar esa anal kanalchalarini yetarli darajada davolash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun qisqa muddatli, lekin yuqori terapevtik samaradorlikka ega bo‘lgan ko‘pik shaklidagi dori shakllariga asos solindi. Ko‘piklar aerozol qadog‘idan chiqish vaqtida, tarkibidagi ko‘pik hosil qiluvchilar (sirt faol moddalar) va eritilgan yoki emulgirlangan propellent (yuqori bosim ostida siqilgan gazlar) lar hisobiga hosil bo‘ladi. Aerozol ballonining purkagich klapan tizimi orqali chiqqan propellent bug‘lanadi va havo pufakchalariga aylanib uning hajmini ortishi hisobiga ko‘pik – emulsion yoki boshqa tizimdagi propellent bug‘larining turg‘un dispersiyasi hosil bo‘ladi. Ko‘piklar katta hajmda, kichik og‘irlik birligiga ega bo‘lishiga qaramay, ular kam miqdordagi emulsiyalarni ham, katta hajmdagi yuzalarga ishlov berish va ularni to‘ldirish imkoniyatiga ega. Ko‘piklar zararlangan maydonlarga oson va bezarar etib boradi va issiqlik va gaz almashinuvini ta’minlashi xisobiga yarani tashqi kasalliklar bilan o‘rtasida to‘siq paydo qiladi. SFM yaxshi adgezziya xossasining xisobiga nekrozga uchragan to‘qimalar bilan ifloslangan yuzalarni tozalaydi, ko‘piklarni kengayishi hisobiga yaradan paydo bo‘lgan chuqurlar va bo‘shliqlar yuzasi qoplanadi. Ko‘pik uchun to‘g‘ri tanlangan yordamchi moddalar, uning uzoq vaqt turg‘un bo‘lib qolishini, natijada dori moddasining uzoq vaqt ta’sir etishini ta’minlaydi. Dori moddasini ko‘pik tarkibiga kiritilishida u katta hajmni egallaydi, shuning uchun ham dori moddasinnig bir qismi eritmaning plenka qavatini orasida qolib ketadi. Ko‘pikning tarkibiga turli xil dispers tizimlarni kiritish mumkin. Masalan, eritmalar, emulsiyalar va suspenziyalar. Bular ularning birgalikdagi dori preparatlarini ishlab chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Aerozol qadog‘idagi ko‘pik preparatlari proktologiya amaliyotida antiseptik va anestetik vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi prepartlar va kortikosteroidlardan ko‘pik holida aerozol qadog‘idagi dori vositalarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Shamchalar texnologiyasini takomillishtirishda issiqlik jarayonlarisiz shamchalar tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Shu jumladan, korxona sharoitida presslash usulida shamchalar tayyorlash alohida e’tiborga molikdir. Buning uchun ekssentrik tipda ishlaydigan tabletka mashinalaridan foydalaniladi. Mashinaning puanson va qoliplari sovutiladi, shamcha massasi ham 3-50C haroratgacha sovutgich kamerasida sovutilib, maydalaniladi va elanadi. Granulyat tarkibiga laktoza, saxaroza, aerosil va kraxmal texnologik jarayonni korrektirovkalash uchun kiritiladi. Tayyor massa tabletka mashinalari yordamida presslanadi. Bu usul bo‘yicha shamchalar tayyorlash termolabil va gormonal preparatlardan, biogen stimulyatorlardan, shuningdek yurak glikozidlaridan shamchalar tayyorlashda qo‘l keladi, shuningdek plastik xususiyatga ega bo‘lgan asoslar yordamida shamchalar tayyorlashda ham. Bu usulning samaradorligi soatiga 40000-100000 dona shamcha tayyorlashga teng. Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling