Bakterial suzgichlar. Yuqorida qayd etilgan suzgichlar diametri 5—10 mikrondan kichik zarrachalarni ushlab qola olmaydi. Undan tashsari, eritma pH ning uzgarishi preparat turg‘unligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun betaraf moddalardan tayorlangan metallokeramik va asbotsement mikrosuzgichlardan foydalanish matssadga muvofiq. Misol: nikel, karbonil, titanli tanadan taiyorlangan suzgich 5 mikrongacha kattalikdagi zarrachalarni ushlab qolish qobiliyatiga ega. Shunday maqsadda 1914 yilda Germaniyada Zeys asbest va sellyuloza aralashmasidan iborat suzgich taklif qildi. 1929 yilda esa Germaniyadagi Sartorius firmasi membranali suzgich ishlab chiqaradi. Keyinchalik har xil sellyuloza efirlaridan, politetraftoretan, polivinilxlorid, neylon va shunga o’xshash sun’iy usulda olingan betaraf moddalardan tayorlangan suzgichlar sanoat miqyosida ishlatila boshlandi.
MDH mamlakatlari sanoatida «Vladipor» membranali suzgichlarini Vladimir shahrida sun’iy tolalar ilmiy-tekshirish oliygohi (VNIIF) ishlab chiqarishni yo’lga qo‘ygan.
Ishlab chiqarish unumdorligi va ishlatilishi bo’yicha bunday suzgichlar 4 xil bo‘ladi.
I.V.Besedina va O.I.Belova 1974 yilda polipropilendan taxtakachlash yo’li bilan olingan suzgichni ishlatishni taklif qildilar. Bu suzgich 5—8 mkm zarrachalarni ushlab qolish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |