O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish


Download 390.77 Kb.
bet84/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish

Bu maqsadda yuqorida keltirilgan siqiladigan suzgichlardan alohida-alohida yoki bir nechtasini qavatma-qavat birlashtirib ishlatish mumkin. Ko‘pincha, sanoat miqiyosida tibbiyotda ishlatiladigan ohorlangan dokadan foydalaniladi.

F. A. Konev tomonidan taklif qilingan filtr qurilmasi shular jumlasidandir. Bu qurilmaning asosiy qismi g‘alvirsimon teshiklardan iborat silindr bo‘lib, uning ustiga 3—4 sm qalinlikda arqonsimon shakli keltirilgan doka 0,3 sm2 zichlikda o‘ralgan bo‘ladi. Silindr ustiga qopqoq kiydiriladi.

Bu qurilma ko‘pincha bosim ostida va ba’zan havosi so‘rib olingan sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Shuning uchun silindr qopqog‘ining yuqori qismida ikkita-pastki qismida bitta teshik bo‘ladi.

Yuqori qismida uzluksiz tushayotgan suyuqlik silindr ustki qismining butun yuzasiga tarqaladi, g‘alvirsimon yuzaga o‘ralgan mato-doka orqali silindr ichiga suzilib o‘tib, pastki teshik orqali yig‘ib olinadi. Suzilish jarayoni bir meyorda kechishini ta’minlash uchun suyuqlik bosimi bir xilda bo‘lishi kerak. Buning uchun suyuqlik balandligi hisobiga bir meyorda ta’minlaydigan alohida qurilmadan foydalaniladi yoki shu maqsadda suyuqlik qatlami ustida sun’iy ravishda bosim hosil qilinadi.

Doka suzgichlardan 1—3% gacha quyqa o‘tib ketishi mumkin, vaholanki boshqa suzgichlardan foydalanilganda bu ko‘rsatkich 26—30% ni tashkil qiladi. Bu suzgichning afzalligi: tuzilishi oddiy, tez tayyorlash mumkinligi, yuqori ish unumdorligi hamda tez qayta tiklash ishkoniyatiga ega ekanligidir.

Ishlatib bo‘lingan suzgichni 30 daqiqa davomida bug‘ bilan ishlab, oqarguncha suv bilan yuvish kifoya. Bu hammasi bo‘lib 1 — 1,5 soat vaqtni oladi, xolos.

F. A. Konev va boshqalar bu suzgichni takomillashtirib, ikki qavat mato ishlatishni va g‘alvirsimon me­tall silindrni devor qalinligi 5 sm bo‘lgan metall keramikaga almashtirishni taklif qildilar. Silindrga bir qavat FPP 15 (Petryanov suzgichi) va ikkinchi qavatiga 1,5 sm qalinlikda doka o‘raladi. Bu dokani iqtisod qiladi hamda suzilgan suyuqlik sifatini yaxshilaydi.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling