Oʻzbekiston respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi
Download 1.21 Mb.
|
микробиология 2021 қўлланма хамшира ТОШКЕНТ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi : Asranova D Andijon shaxar Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yetakchi oʻqituvchisi Taqrizchi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI ANDIJON ABU ALI ibn SINO nomidagi JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI MIKROBIOLOGIYA,VIRUSOLOGIYA,IMMUNOLOGIYA fanidan TA’LIM TEXNOLOGIYASI Tayyorlov yoʻnalishi: Hamshiralik ishi Kasb yoki mutaxassislik nomi: Umumiy amaliyot hamshirasi Oʻqitish materiallari : Ma’ruzamatn, plakatlar, slaydlar, mulyajlar, planshetlar,koʻrgazmali chizmalar. Pedagogik kengashining 2022 yildagi “30.08” 1 sonli yigʻilishida oʻquv jarayoniga qoʻllashga tavsiya etildi. Oʻqitish materiallari toʻplamini fanlar kafedrasining 2022 yildagi “29.08” 1 sonli yigʻilishida muhokama etildi va ma’qullandi. Tuzuvchi : Asranova D Andijon shaxar Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yetakchi oʻqituvchisi Taqrizchi: S.Uzaqova Andijon shaxar Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yetakchi oʻqituvchi Kirish “Ta’lim toʻgʻrisida” gi qonun hamda “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi” ning asosiy talablaridan biri zamon talablariga javob beradigan, jahon standartlarigamos keladigan bilim, koʻnikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega boʻlgan mehnat bozorida raqobatbardosh mutahassis kadrlar tayorlashdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta tibbiy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlar oʻrta mahsus tibbiy hodim faoliyatini qayta koʻrib, uni xalqaro andoza talablariga moslashtirish maqsadida ta’limda tubdan oʻzgarishlar sodir etishini talab etmoqda . SHu maqsadda jahon andozalariga mos bir qancha oʻquv adabiyotlari va oʻquv dasturlari yaratilmoqda. Ushbu dasturda tibbiyot kollejlari oʻqituvchilarining umumkasbiy va kasbiy fanlari boʻyicha kasbiy bilimini, pedagogic mahoratini rivojlantirishga qaratilgandir. Ushbu ta’lim texnologiyasi yangi oʻquv rejaga moslab tayorlandi. Zamon talablaridan kelib chiqib, barkamol avlodlarni tarbiyalash maqsadida ta’lim texnologiyasi asosida Umumiy mikrqbiolgiya fanining barcha mavzulari ochib berildi. Kitobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri oʻzida oʻquv mashgʻulotini oʻtkazish shart sharoiti toʻgʻrisida axborot materiallarini, pedagogic maqsad, vazifa va koʻzlangan natijalarni, oʻquv mashgʻulotning rejasi, oʻqitishning usul va vositalarini mujassamlashtirilganlar. SHuningdek, bu oʻquv mashgʻulotining texnologik kartasini, ya’ni oʻqituvchi va oʻquvchining mazkur oʻquv mashgʻulotida erishadigan maqsadi boʻyicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma – bosqich ta’riflanishini ham oʻz ichiga oladi. Kitob tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu boʻyicha nazariy oʻquv mashgʻulotlarida oʻqitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni oʻzlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. Kitobning konseptual asoslari qismida dastlab Umumiy mikrqbiolgiya fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur oʻquv fanining tarkibiy tuzilishi, oʻqitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, soʻngra loyihalashtirilgan, oʻqitish texnologiyalari taqdim qilingan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling