O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazrligi


Download 0.91 Mb.
bet5/17
Sana23.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1113116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1 Tema

Tayanch iboralar: monitor, sistema bloke, klaviatura, CPU, HDD, RAM, SIMM, DDR;
Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bо’lmaydi. Shunday ekan, quyidagi savollar о’rinli: Kompyuterning O’zi nima? U qanday tuzilgan? Kompyuterning imkoniyatlari qanday? Uning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Insonga qanday yordami tegadi-yu, qanday zarari bor? Shu va boshqa savollarga javob topishga qо’yidagi maqolada harakat qilamiz. Inson tafakkurining mahsuli bо’lgan kompyuter juda kerakli mashina hisoblanadi.
Kompyuter 3 asosiy qurilmalardan iborat: Monitor(ekran), sistema bloki, klaviatura.
Shuni ham ta‘kidlab о’tish kerakki, yaqin kunlargacha kompyuterning asosiy qurilmalar safiga sichqoncha kirmas edi, sababi u siz ham bemalol boshqarsa bо’lardi. Lekin yuqori texnologiyalar va internetning vujudga kelishi bilan sichqonchasiz kompyuterni boshqarish umuman mumkin bо’lmay qoldi. Shuni ham qо’shib о’tish kerakki, bugungi kunda sistema blokini kо’pchilik «protsessor» deb ataydi.
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga о’xshash vazifani bajaradi, ya‘ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan rasmlar, kо’rilayotgan film unda namoyon bо’ladi. Monitor qо’yidagi 3 turga bо’linadi:

1-rasm
Ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma‘lumotlar va bо’yruqlar kiritiladi. ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma‘lumotlar va buyruqlar kiritiladi.

1-rasm
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba‘zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qо’llash mumkin. Kompyuter sichqonchasi sharli, lazerli va simsiz bо’lishi mumkin. Odatda sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki bо’yruq berish, о’ng tugma yordamchi amallar bajarish uchun qо’llaniladi. Bu rо’yxat kontekst menyu deyiladi.

1-rasm
Sistema bloki himoya g’ilofiga о’ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi.

Elektron sxemalar yaxlit asosga yig’ilgan bо’lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Biz ma‘lumotlarni (kino, klip qо’shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma‘lumotlarni uzoq vaqt saqlab qо’yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan tur lari mavjud.
Qattiq disklar vinchester (inglizcha HDD — Hard Disc Drive — qattiq disk) deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Vinchester ikki turga bо’linadi (ATA, SATA).

Kompakt disklardagi ma‘lumotlarni о’qish uchun CD-ROM yoki DVD- ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma‘lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

Rasm
Shuningdek, tezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bо’lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni о’z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma‘lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda о’chib ketadi.
О’z vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:
Rasm

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling