O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja


Download 32.62 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi32.62 Kb.
#1161974
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Soliq mexanizmi


Soliq mexanizmi – davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi – bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.


Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlarni
tashkil qilishning barcha elementlari yig‘indisi tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbai, soliq stavkasi, to‘lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi amaldagi soliqlarni hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi.
Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig‘indisidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir.
Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bo‘lgan soliqlardan farqli o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli subyektiv xarakterga egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.
Soliq obyekti, soliq subyekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o‘tkazish tartibi, soliq to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi.
Makrodarajada soliq mexanizmi davlat soliq ma’murchilikgi va uni tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Soliq mamurchiligi – mamlakatning soliq tizimini samarali boshqarishning kompleks chora-tadbirlari yig‘indisidir. Soliq ma’murchiligi soliq qonunchiligini ishlab chiqish va unga rioya etilishi, soliqqa qarshi turli huquqbuzarliklar, jinoyatlarni hamda soliq to‘lovchilarning noqonuniy hatti-harakatlarini aniqlashga va bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Qo‘yilgan har bir vazifani amalga oshirish soliq tizimining turli hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling