O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja
Download 32.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy soliqlar
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi Reja: O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining o‘ziga xosligi. Soliq mexanizmi. Soliq munosabatlarining ishtirokchilari. Davlatning soliq siyosati. Zamonaviy sharoitlarda tashqi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining o‘ziga xosligiO‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ikki pog‘onali soliqqa tortish tizimi amal qilib kelgan edi: davlat soliqlari; mahalliy soliqlar va yig‘imlar 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran soliq va yig‘imlar bevosita soliqning yangi kodeksi normalari asosida undirilishi belgilangan. Davlat soliqlari va yig‘imlari – bu Soliq kodeksida belgilangan va respublika hududida to‘lashga majburiy hisoblangan to‘lovlardir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi davlat soliqlari amal qiladi: qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); aksiz solig‘i yuridik shakxslarning foyda solig‘i; jismoniy shaxslarning daromad solig‘i; yer qa’ridan fordalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol mulk solig‘i yer solig‘i; ijtimoiy soliq. Mahalliy soliqlar – bu Soliq kodeksi va mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan soliqlar bo‘lib, muayyan hudud (tuman, viloyat) da amal qiladi. Bugungi kunda quyidagi turdagi mahalliy soliqlar undirilishi mumkin: jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i; yer solig‘i; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im; boshqalar. Download 32.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling