O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi soliqlarning mohiyati va ahamiyati
Download 1 Mb.
|
Davlat budjeti, soliqlar, davlat qarzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodchi olimlar davlat soliq tizimining uchta turini ajratib ko`rsatadilar
- Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bо‘linadi
Davlat budjeti, soliqlar, davlat qarzi
reja:
Davlat о‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bо‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol о‘ynaydi. Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bо‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bо‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.Davlat byudjet xarajatlarini kо‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosatining chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: 1) davlat xaridi (taqchillik va ortiqcha ishlab chiqarish sharoitidagi holat); 2) YAIMni taqsimlash va qayta taqsimlash (soliq va boshqa to’lovlar orqali); 3) ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 4) davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash; 5) ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini kо‘rsatish (dot., subs., subv); 6) baholar ustidan nazorat о‘rnatish (iste’mol savati, ta’rif va to’lovlar); 7) eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar о‘rnatish; 8) mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan siyosat va hokazo.
Soliqlar majburiy tо‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq tо‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni о‘z mulkiga aylantiruvchi davlat о‘rtasida yuzaga keladi. Soliqlarning о‘ziga xos belgilari mavjud bо‘lib, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq tо‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.Iqtisodchi olimlar davlat soliq tizimining uchta turini ajratib ko`rsatadilar:
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bо‘lganligidan tо‘lovchilar va byudjet о‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq tо‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud. Bu xaqda kо‘plab yirik iqtisodchilar va davlat arboblari о‘z asarlarida kо‘rsatib о‘tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq tо‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib soliq belgilanadi.
Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bо‘linadi:
Adabiyotlar ro‘yxati:
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling