O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Tramvay 
Bolalar juft – juft bo‘lib, qo‘l ushlashib, qatorda turadilar. Bo‘sh qo‘llari 
bilan uchlari bog‘lab qo‘yilgan chilvirni ushlab turadilar, ya’ni ayrim bolalar 
chilvirni o‘ng qo‘llari bilan, boshqalari esa, chap qo‘llari bilan ushlab turadilar. Bu 
tramvay bo‘ladi. Tarbiyachi xonadagi burchaklarning birida uch hil rangdagi: 
sariq, qizil, yashil bayroqchalarni ushlab turadi. Ular tarbiyachi (svetoforgacha) 
yugurib borgach, rang o‘zgarib qolmaganmikin, deb unga qaraydilar. Agar 
ilgaridek, yashil rang turgan bo‘lsa, tramvayning harakati davom etadi. Maboda 
qizil yoki sariq bayroq ko‘tarilgan bo‘lsa, ular to‘xtaydilar va yo‘lni davom ettirish 
mumkin bo‘lishi uchun yashil rang bayroq paydo bo‘lishini kutib turadilar. 


18 
KO‘RSATMALAR. O‘yin davomida bolalar ko‘cha harakati bilan 
tanishtiriladi. Agar o‘yinda qatnashayotgan bolalar uncha ko‘p bo‘lmasa, ularni 
juft-juft qilib emas, bir qatorga saflash mumkin. O‘yin mazmunini kengaytirish 
ham mumkin: yo‘lda tramvay to‘xtab, passajirlarni olishi mumkin: Passajirlar 
bekatda tramvay kelishini kutib turadilar. Tramvay bekatga yaqinlashganda 
yurishni sekinlashtiradi va to‘xtaydi. Ba’zi passajirlar chiqishi uchun bolalar 
chilvirni ko‘tarib turadilar. Chilvir oxiriga qo‘ng‘iroq bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. 
Safning ohirida turgan bola (konduktor) qo‘ng‘iroq chaladi, tramvay qo‘zg‘aladi.
 
Pahmoq kuchuk 
Bolalardan biri pahmoq kuchukni ifoda etadi. U polda boshini oldinga 
o‘tkazilgan qo‘llarini qo‘yib yotadi. Qolgan bolalar asta uning atrofiga to‘planishib 
shu iboralarni aytishadi: 
Pahmoq kuchuk yotadi, 
Qarang xurrak otadi. 
Bilib bo‘lmaydi aslo,
Uyg‘oqmi u, uhlar yo. 
 
 
 
 
Sekin kelib uyg‘otsak, 
 
 
 
 
Qiziq ish bo‘lsa kerak. 
 
 
 
 
Pahmoq kuchuk yotadi, 
 
 
 
 
Qarang xurrak otadi.
Bolalar kuchukni uyg‘ota boshlaydilar, uning tepasiga kelib engashib, otini 
aytadilar, chapak chaladilar, hurkitadilar. Kuchuk irg‘ib o‘rnidan turib ketadi va 
bolalarga qarab qattiq vovullaydi. Bolalar har tomonga qochib ketadilar. Kuchuk 
ularning ketidan quvalaydi, birortasini ushlab olishga harakat qiladi. Hamma 
bolalar har tomonga qochib, bekinib olganlaridan so‘ng, kuchuk yana еrga yotib 
oladi va uxlaydi. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Agar kuchukni tarbiyachi ifodalaydigan bo‘lsa, u stulda 
yoki skameykada o‘tiradi, “uxlaydi”. 
Poezd 
Bolalar bittadan (bir-birlarini ushlamasdan) qator bo‘lib turadilar. Birinchi 
bola parovoz bo‘ladi. Qolganlari esa vagonlar vazifasini bajarishadi. Tarbiyachi 
gudok beradi va poezd harakatga keladi. U dastlab sekin, keyin tezroq, yana tezroq 
va nihoyat juda tez yuradi, ya’ni bolalar yugurib ketadilar. “Poezd stansiyaga 
yaqinlashib qoladi”, - deydi tarbiyachi. Bolalar asta-sekin qadamlarini 
sekinlashtiradilar va poezd sekin to‘xtaydi. Bolalar o‘ynagani poezddan tushadilar: 
ular dala bo‘ylab tarqalib ketadilar, gullar, mevalar, qo‘ziqorin va boshqa narsalar 


19 
terib yuradilar. Gudokni eshitib ular yana qator bo‘ylab saflanadilar. Poezd 
harakati tiklanadi. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar dastlab istagan tartibda qator bo‘ylab turadilar, 
yil ohiriga kelib esa qatordagi o‘z o‘rinlarini eslab qolishga, o‘z vagonlarini 
topishga odatlanadilar. O‘yin mazmunini o‘zgartirish ham mumkin. Masalan, 
poezd daryo yonida to‘xtashi mumkin. Unda bolalar sayr qilishi, baliq tutishi va 
dam olishlarini ifodalashlarini aytadi.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling