O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Kim ko‘p tasma tera oladi
3
 
Ikki ustun yoki poyaga ip bog‘lanadi. Shu ipga 8-10 sm, uzunlikda rang-
barang tasmachalar osib qo‘yiladi. Osilgan tasmachalar va ko‘tarilgan qo‘l 
orasidagi masofa 10-15 sm, bo‘lishi kerak. Tarbiyachining signali bilan ikki 
komandadan ikki bola chiqib, osilgan lentachalarni sakrab-sakrab tera boshlaydi. 
Har qaysi bola iloji boricha ko‘proq qilib lentachalar terib olishi kerak. Sakrab-
sakrab tasmachalar terish 2-3 min, davom etadi. Ko‘proq tasmachalar tergan bola 
komandasi yutgan hisoblanadi. O‘yin hamma bolalar tasmachalar terishga 
qatnashib bo‘lgach, tamom bo‘ladi. Har ikki komanda tergan tasmachalarining 
soni hisoblanib beriladi. 
O‘YIN QOIDASI: Bolalar sakrashganlarida bir-birlarini turtmasliklari 
kerak. 
Tarbiyachi 
bolalar bir-birlarining qo‘llarida 
lentachalarni 
tortib 
olmasliklarini kuzatib turadi.
O‘YIN MAQSADI: Joyida turib baland sakrash ko‘nikmasini 
takomillashtirish. 
 
Irg‘itish va ilib olish o‘yinlari 
Xaltachani kim irg‘ita oladi? 
Bolalar zal (maydoncha)ning bir tomonida polga chizilgan to‘g‘ri chiziq 
yoki tashlab qo‘yilgan arqonchaning narigi tomonida turadilar. O‘yinda 
qatnashayotgan har bir bola bittadan xaltacha oladi. Tarbiyachining ishorasi bilan 
bolalar sal engashgan holda xaltachani irg‘itadilar. Har bir bola o‘z xaltachasini 
qayerga tushishini diqqat bilan kuzatib turadi. Navbatdagi signal berilishi bilan 
bolalar xaltachalarini olib kelgani yugurib ketadilar, borib xaltachalarni oladilar-
da, xaltacha tushgan joyga o‘zlari turib oladilar. Tarbiyachi xaltachani hammadan 
uzoqroqqa irg‘itgan bolani ta’kidlab o‘tadi. Bolalar dastlabki joylariga qaytib 
3
Эстон халқ ўйини “Детские подвижные игры…”, М.: «Просвещения», 1988. 


27 
keladilar. O‘yinni guruhlarga bo‘lib o‘tkazgan ma’quldir. Bir guruh o‘yinga baho 
berilib bo‘lgandan keyin, ikkinchi guruh o‘yinga tushadi. O‘yin 6-7 marta 
takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. O‘yinni guruhlarga bo‘lib, musobaqa formasida 
o‘tkazish mumkin. Xaltachalarni tarbiyachining topshirig‘i bilan o‘ng yoki chap 
qo‘li bilan ham irg‘itish mumkin.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling