O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
O‘z o‘yingni top
Bolalar tarbiyachi yordamida o‘zlariga uy tanlaydilar (skameyka, еrga chizilgan doirachalar). Bir uychada 2-3 bola bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi signal berishi bilan bolalar o‘z uychalaridan chiqib, maydonchada kapalak tutishadi (o‘z oldilarida va oyoqlari orasidan chapak chaladilar, quyonlarni (ikki oyoqda sakraydilar), samolyotlarni) qo‘llarini yonga uzatgan holda chopadilar, (qushlarni) qanot qoqishib uchadilar) tasvirlab harakat qilib o‘ynaydilar... Tarbiyachining: “O‘z uyingni top!” deyishi bilan o‘z uylariga (xatosiz bajarishlari kerak) kirib oladilar. KO‘RSATMALAR. O‘yin oldidan tarbiyachi uy o‘rniga skameyka (stul) yoki bo‘r bilan doirachalar chizib qo‘yadi. Hamma bolalar o‘z inlariga borib turadilar. Juda diqqat bilan o‘z uylarini bilib olishlarini tarbiyachi uqtiradi. Baraban Tarbiyachi doira hosil qilib turishni taklif qiladi. Bolalardan birini chaqirib, chiroyli barabanni mana shu so‘zlar bilan beradi. Tabriklashdi Sobirga, (Vovaga, Olyaga), Yangi baraban. Shunday chiroyli, 30 Yangi baraban, Qanday yaxshi baraban!, - deydi. Sobir, (Vova, Olya..) barabanni qattiq uradi. Bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasi bilan orqaga tisariladilar. Bundan keyin barabanni sekin uradi. Shunda hamma bolalar unga yaqinlashib keladilar. Tarbiyachi ham bolalar bilan hamma harakatlarni bajarib boradi. Baraban boshqa bolaga beriladi. O‘yin yana qaytadan boshlanadi. O‘YIN MAQSADI. O‘yin qoidasini o‘z vaqtida va chaqqonlik bilan bajarish ko‘nikmalarini o‘stirish. Ona tovuq Tarbiyachi “Ona tovuq” rolini bajaradi. Jo‘jalarni o‘ynovchi bolalar soniga qarab bo‘linadi. Bolalardan kattarog‘i mushuk qilib tayinlanadi. Mushuk xona (maydoncha)ning bir burchagida stulchada o‘tiradi. Ona tovuq va jo‘jalar esa xona (maydoncha) bo‘ylab sayr qilib yuradilar. Don, non o‘shoqlarini cho‘qiydilar, tovuqning “qu-qu”, “qu-qu” deyishi bilan jo‘jalar uning yoniga chopib keladilar. Keyin tarbiyachi (ona tovuq) yurib, shu iboralarni aytadi: Ona tovuq sayrga, Jo‘jalari bilan chiqdi. Qo-qo, deb ularga, Ketib qolmanglar dedi. Mushuk yaqinlashib: Yo‘l bo‘yida supada, Mushukcha mudramoqda, Shu choq ko‘zin ochadi, Jo‘jalarni tutadi. Shundan keyin mushuk ko‘zini ochadi, keriladi va miyovlaydi. Joyidan turib bolalarni quvlay ketadi. Jo‘jalar uylariga (belgilangan joyga) yugurib ketadilar. Ona tovuq (tarbiyachi) har tomonga qanot qoqib (qo‘llarini silkitadi), jo‘jalarini himoya qiladi va shunday deydi: “Ket mushuk! Jo‘jalarimni senga bermayman!”. O‘YIN MAQSADI. Bolalarning kuzatuvchanliklarini o‘stirish... o‘yinni takrorlaganda ona tovuq rolini bolalardan biri bajarishi, tarbiyachi esa jo‘jalar bilan o‘ynab, bolalarning harakatlarini kuzatib boradi. Qo‘lga tushgan jo‘ja, aksincha, mushuk rolini bajarishi mumkin. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling