Ayol olam guli
Download 78.81 Kb.
|
8-MART
- Bu sahifa navigatsiya:
- AYOL OLAM GULI” nomli tadbir ssenariysi
- 1-boshlovchi
Isroilova Dilraboning 8-mart xotin-qizlar bayrami uchun AYOL OLAM GULI deb nomlangan tadbir ssenariysi
”AYOL OLAM GULI” nomli tadbir ssenariysi Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli xazin-kuy taraladi. Sahnaga 1-boshlovchi bo’lib o’g’il bola va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib chiqib keladi. 1-boshlovchi: – Jannat onalarning poyida emish Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham Munis onajonlar sochlari kumush Topar duosidan ming dardlar malham 2-boshlovchi: Onam onajonim nuri jahonim Tengi, timsoli yo’q, farishta onam Jannat isi anqir janbil, rayhonim, Chin ibrat maktabi har ishda onam. 1-boshlovchi: – Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar – muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan lobar, go’zal qizlar! Fahmlagandirsiz, sinning yurak taftingizga bu yilgi juda qattiq kelgan qahraton qish-qirovli kunlar ham dosh beraolmay, ortga chekinib, ko’klam nafasi ufura boshladi. 2-boshlovchi: – Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila qo’rg’oni va fayz bag’ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo’jizasi bo’lgan ayol zotini ulug’lash uchun yig’ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg’ularni ifoda etgan holda bahorning ilk shodiyonasi – go’zallik va nafosat bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun yig’ildik. 1-boshlovchi: – Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar! Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar! Barchalaringizni go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch, oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo’lsin! 2-boshlovchi: – Dunyoda shunday bir ulug’ not borki, Tangri ozi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tin cho’kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz. 1-boshlovchi: – U zotga ehtirom millati va dinidan qat’iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir. 2-boshlovchi: – U zotga bo’lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko’ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir. 1-boshlovchi: Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o’z nomi bilan avlod davomchisi, go’zallik timsoli. 2-boshlovchi: – Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari! Sizning ta’rifingizga hali ko’p madhiyalar, iliq so’zlar va tabriklar izhor etiladi. Hozir navbatni maktabimiz badiiy havaskorlik jamoasiga bersak. Ular ijrosida uy va qo’shiqlar tinglab, raqslar tomosha qilsak. Badiiy havaskorlik jamoasi ijrosida “Sen bahorni sog’indingmi” qo’shig’i tinglansa, “Bahor valsi” raqsi tomosha qilinsa ayni muddao bo’lar edi. So’ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi. 1-boshlovchi: – Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh ham shu qadar nurafshon bo’ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta’riflanishining boisi ham shundadir, balki. 2-boshlovchi: – Xushaxabar keltirsa kim farzandidan Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol. Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor, Dunyoda bolam deb yashaydi ayol. 1-boshlovchi: – Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir. 2-boshlovchi: – To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi. Shifokor: Man oppoq xalatda Oppoq tilak bilan yashayman El sog-omon bo’lsin deb albatta Shunda men ham yayrab-yashnayman Shifokorman lekin avvalo Farzandimga sodiq onaman. Sochsalarda boshimdan tillo Bolam deyman kuyib yonaman. Muallima: Shogirdlarim jonu jahonim Hayotimning mazmun ma’nisi Davrasida o’rat har onim Farzandlarim ular barisi Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar Muallima, oddiy onaman. Farzand shirin aziz bunchalar Bolam deyman kuyib yonaman. Shoira: So’z qaymog’I suzilar betga Bahor misol yasharar olam Qog’oz qalam surilar chetga Nogahonda yig’ilsa bolam. Dardga to’la bag’rim yuragim Shoiraman lekin onaman El-yurt tinchi orzu tilagim Bolam deyman kuyib yonaman. Chevar: Qo’llari gul mohir chevarman Ish tikaman mehrimni qo’shib Odamlarni dildan sevarman Xizmat qilay qalbimdan jo’shib Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar Tole kulgan baxtli onaman. Mashhur qildi elga shu hunar Bolam deyman kuyib yonaman. Tadbirkor ayol: Ishbilarmon tadbirkor ayol Yurt buguni porloq ertasi Rejalarim demang puch xayol Korxonaning rahbar bekasi Imkon qo’lida qilmayman inkor Tadbirkorman, ayol onaman. Mansab, shuhrat arzimas zinhor Bolam deyman kuyib yonaman. Zardo’z: Iplarimning zari tillodan Bezaklarda quyosh aks etar Momomeros asli xudodan Igna tutsam ular raqs etar Zardo’zlik bu hunarmas san’at Kasbim faxrim, ammo onaman Mehrim ulug, tuganmas davlat Bolam deyman kuyib yonaman. Olima: Zahmat chekib tunlarko’z ilmay Jumboqlarning yetdim siriga Va aylandim so’ng bilib-bilmay Bilim qasrin asirasiga Martabam zo’r mashhur olim Avvalo shukur onaman Tilda, dilda yolg’iz kalmia Bolam deyman kuyib yonaman. She’r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ulargha ishora holida she’r o’qiydi: Qay bir kasbda qanday mansabda Ishlamasin bu ona Pokiza u nasli nasabda Farzandiga mudom parvona. Jasoratda erlardan o’tar Ibo hayo yo’l bermas xiyol Dilin faqat bir sog’inch o’rtar Bolam deydi dunyoda ayol. Qizlar o’rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi. 1- boshlovchi: – Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi? 2- boshlovchi: – Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. 1- boshlovchi: – Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir. 2-boshlovchi: – Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda. 1-boshlovchi: – Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham e’tirof etmay bo’lmas. Shu o’rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’aldi. 2- boshlovchi: – Aziz davramiz mehmonlari. O’quvchi bolalar shoir G’.Gulomning “Onajonimga” she’rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting. 1- o’quvchi: – Mehri oftob bo’lgan Har so’zi kitob bo’lgan Yog’u qaymoq murabbo Oy kulcham shirin kulcham Jahon onajonimsan. 2- o’quvchi: – Yulduzni uzib beray Kundizni tuzib ebray Vatan axir chamanku Kundizimsiz ham kecham Osmon onajonimsiz. 3-o’quvchi: – Bag’ringiz fazga teng Uchishni ham o’rgating Vatanimday bebaho Siz ko’rsating yo’l olay Chaqmoq ko’kda uchganday. 1-boshlovchi: – Qizlar ham bugungi tadbirimizga shoir Raif Tolibning “Oyi,oyijon” nomli she’rini yodlab kelishibdi. Qani marhamat. 1-qiz: – Oyi agar bo’lsaydim gul Sevarmiz qizingizni? Ochilardim yonib yal-yal Quvnatardim ko’zingizni 2-qiz: – Oyi oyi bo’lsam shamol Qolmasdim hech izingizdan Sochingizni silar edim O’par edim yuzingizdan 3-qiz: – Oyi-chi men yosh bo’lsam Shu’la sochib boshingizdan Termulardim tunlari ham Ketmas edim qoshingizdan 4-qiz: – Oyi-oyi bo’lsaydim qush Tong chog’lari sayrar edim Vaqtingizni etdim deb xush Yayrar edim. yayrar edm. Shu o’rinda bir o’g’il, bir o’quvchi qiz ijrosida “Andyon polkasi” raqsi ijro etiladi. 2-boshlovchi: Mir Alisher Navoiy hazratlari zikr qiladilar: – Onalarning oyog’i ostidadir – Ravzai jannatu jinon bog’i. Ravza bog’ i visolin istar ersang, Bo’ I onalar ayog’ in tufrog’i. 1-boshlovchi: – Yana bir bor barcha ayollarni, xotin-qizlami, qutlug’ ayyom – 8 mart bayrami bilan chin qalbdan qutlab qolamiz. Yaratgandan sizlarga omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. 2-boshlovchi: – Shuning bilan Xalqaro xotin-qiziar kuniga bag’ishlab tayyorlagan «Ayol olam guli» deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga etdi. Xayr. Sog’ va salomat bo’ling! Tadbir yakunida “Bahor valsi” musiqasi taralib turadi. Download 78.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling