O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

To‘pni ilib ot va ilib ol 


36 
Bola to‘pni yuqoriga qarab otishi va ilib olishi kerak. Bola bu harakatni 
bajarganda, tarbiyachi uning necha marta irg‘itishi va ilib (to‘pni tushurmaslikka 
harakat qilishi lozim) olishini sanab turadi. Bolalarni komandalarga bo‘lib ham 
o‘yinni o‘tkazish mumkin. Har bir bola bajarishi kerak bo‘lgan harakatlarni 2-3 
marta takrorlaydi. 
KO‘RSATMALAR. O‘yinni quyidagi mashqlar bilan bajarish mumkin: 
to‘pni yuqoriga qarab irg‘itish: to‘pning еrga to‘shishini kutish va еrga tushib 
urilgach uni tutib olish. To‘pni еrga urib olish, ushlab olish va yuqoriga irg‘itish va 
yana ilib olish va xokazolar. 
To‘pni baland qilib irg‘it 
Bola to‘pni iloji boricha balandga qarab irg‘itadi. Bolalarni qiziqtirish uchun 
tarbiyachi “qani kim to‘pni yuqoriga qarab irg‘itadi” deydi. Tarbiyachi bolaning 
necha marta to‘pni irg‘itishini va ilib olishini sanab turadi. Agar bola tupni tushirib 
qo‘ysa 
boshqa 
bola 
o‘yinga 
qiradi. 
O‘yin
4-5 marta takrorlanadi. Bu o‘yinda bolaning diqqati, ixtiyoriy xarakatlari 
shakllanadi va mustahkamlanadi. 
Ip ustidan irg‘itish 
O‘ynovchi tarang qilib ip tortilgan ikki qo‘lini ko‘tarib turgan bolaning 
qarshisida turadi va to‘pni shu ip ustidan irg‘itadi. O‘ynovchi va ip ushlagan bola 
orasidagi masofa 1,5 m keladi. O‘ynovchi to‘pni ikki qo‘llab bosh ustidan ipga 
tekkizmasdan ip ustidan oshirib irg‘itadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. Tarbiyachi 
ip ushlagan bola orqasida turib to‘pni ilib olishi va o‘yinchi bola yana qaytadan 
“ilib ol” deb irg‘itishi mumkin. U bolalarni harakatini kuzatib boradi va qilgan 
xatolarini aytib turadi. 
To‘g‘ri mo‘ljalga ol 
Bola (o‘yinchi) bo‘lmagan to‘pni oladi va avvaldan belgilab qo‘ygan 
chiziqdan turib, to‘pni 1,5-2 m uzoqlikda turgan yashchik yoki katta kuti ichiga 
qarab irg‘itadi. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMA. O‘yin boshida tarbiyachi to‘pni muljalga 3-4 marta tushurish 
kerakligini aytadi. O‘yin musoboqa formasida, ikki komandaga bo‘lib ham 
o‘tkazishi mumkin. Mo‘ljalga ko‘proq tushirgan komanda yutgan hisoblanadi. 
Bolalar to‘pni irg‘itayotganda belgilangan chiziqdan chiqmasligi tayinlanadi.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling