36
Bola to‘pni yuqoriga qarab otishi va ilib olishi kerak.
Bola bu harakatni
bajarganda, tarbiyachi uning necha marta irg‘itishi va ilib (to‘pni tushurmaslikka
harakat qilishi lozim) olishini sanab turadi. Bolalarni komandalarga bo‘lib ham
o‘yinni o‘tkazish mumkin. Har bir bola bajarishi kerak bo‘lgan harakatlarni 2-3
marta takrorlaydi.
KO‘RSATMALAR. O‘yinni quyidagi mashqlar bilan bajarish mumkin:
to‘pni yuqoriga qarab irg‘itish: to‘pning еrga to‘shishini
kutish va еrga tushib
urilgach uni tutib olish. To‘pni еrga urib olish, ushlab olish va yuqoriga irg‘itish va
yana ilib olish va xokazolar.
To‘pni baland qilib irg‘it
Bola to‘pni iloji boricha balandga qarab irg‘itadi. Bolalarni qiziqtirish uchun
tarbiyachi “qani kim to‘pni yuqoriga qarab irg‘itadi” deydi. Tarbiyachi bolaning
necha marta to‘pni irg‘itishini va ilib olishini sanab turadi. Agar bola tupni tushirib
qo‘ysa
boshqa
bola
o‘yinga
qiradi.
O‘yin
4-5 marta takrorlanadi. Bu o‘yinda
bolaning diqqati, ixtiyoriy xarakatlari
shakllanadi va mustahkamlanadi.
Ip ustidan irg‘itish
O‘ynovchi tarang qilib ip tortilgan ikki qo‘lini ko‘tarib
turgan bolaning
qarshisida turadi va to‘pni shu ip ustidan irg‘itadi. O‘ynovchi va ip ushlagan bola
orasidagi masofa 1,5 m keladi. O‘ynovchi to‘pni ikki qo‘llab bosh ustidan ipga
tekkizmasdan ip ustidan oshirib irg‘itadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. Tarbiyachi
ip ushlagan bola orqasida turib to‘pni ilib olishi va o‘yinchi
bola yana qaytadan
“ilib ol” deb irg‘itishi mumkin. U bolalarni harakatini kuzatib boradi va qilgan
xatolarini aytib turadi.
To‘g‘ri mo‘ljalga ol
Bola (o‘yinchi) bo‘lmagan to‘pni oladi va avvaldan belgilab qo‘ygan
chiziqdan turib, to‘pni 1,5-2 m uzoqlikda turgan yashchik yoki katta kuti ichiga
qarab irg‘itadi. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMA. O‘yin boshida tarbiyachi to‘pni muljalga 3-4 marta tushurish
kerakligini aytadi. O‘yin
musoboqa formasida, ikki komandaga bo‘lib ham
o‘tkazishi mumkin. Mo‘ljalga ko‘proq tushirgan komanda yutgan hisoblanadi.
Bolalar to‘pni irg‘itayotganda belgilangan chiziqdan chiqmasligi tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: