O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

1. guruh mashqlari


35 
1. To‘pni ilib otish, ikki qo‘l bilan ushlab olish. 
2. To‘pni yuqoriga ilib otish, chapak chalish va ilib olish. 
3. To‘pni еrga urib olish va ikki qo‘llab ilib olish. 
4. To‘pni еrga urib olish, chapak chalish va ushlab olish. 
 
2. guruh mashqlari
1. To‘pni devorga urib olish, va ikki qo‘llab ilib olish. 
2. To‘pni devorga urib olish, chapak chalish va ushlab olish. 
3. To‘pni devorga urib olish, еrga sakragach, ikki qo‘llab ushlab olish. 
4. To‘pni devorga urib olish, chapak chalish, to‘p еrga tushib sakragach, 
ikki qo‘llab ushlab olish. 
To‘pni uzoqroqqa irg‘it 
Bola еrga chizilgan chiziq ustida turgan holatda to‘pni oldinga qarab 
irg‘itadi. To‘p tushgan joyni tarbiyachi belgilab qo‘yadi va bolaga to‘pni yana 
irg‘itishni taklif etadi. To‘pni irg‘itish harakati to‘pning katta-kichikligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Agar to‘p katta bo‘lsa, bola uni ikki qo‘llab ushlaydi va yuqoriga ko‘tarib, 
bosh ustidan zarb bilan irg‘itishi lozim. Agar to‘p kichikroq (bir qo‘lga sig‘adigan 
to‘p) bo‘lsa, bola uni bir qo‘liga olib, pastdan yuqoriga ko‘targan holda siltab 
irg‘itishi lozim. Bola harakatni ijro etgandan keyin, tarbiyachi uni rag‘batlantiradi 
va yana bir marta takrorlashni taklif etishi mumkin. O‘yinni komandalarga bo‘lib 
o‘tkazish ham mumkin.
To‘pni ilib ol 
Tarbiyachi 1,5-2 m. uzoqlikda turgan holda to‘pni ushlagani deb еngilgina 
qilib irg‘itadi. Bola to‘pni shu on ilib olishi va yana tarbiyachiga qaytarib otishi 
kerak, o‘yin vaqtida tarbiyachi: “Ushla, irg‘it, tushirma, ehtiyot bo‘l, balli, juda 
yaxshi” – degan so‘zlar bilan bolaning harakatlarini boshqarib boradi. O‘yin 4-5 
marta takrorlanadi. O‘yinda guruhdagi bolalarning hammasi qatnashishi lozim.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi tomonidan aytiladigan har bir so‘z 
muloyim, qilib, sekin ovoz bilan aytilishi va bolaning bajaradigan harakatlariga 
to‘g‘ri kelishi kerak. Bolaning to‘pni ushlab olish va irg‘itish ko‘nikmalarining 
mustahkamlanib borishiga qarab, bola bilan tarbiyachining orasidagi masofa 
uzoqlashib boradi. (1,5 metrdan to 20-30 metrgacha). Agar ikki tomon o‘zaro 
to‘pni bir-biriga otishib va ilib olishib o‘ynashganda, tarbiyachi ularning 
harakatlarini kuzatib borishi kerak. Noto‘g‘ri bajarishgan harakatlarni to‘g‘irlab 
borishi lozim. To‘pni ilib olganda, bola qo‘llarini oldinga cho‘zib, to‘pni ilib 
olishini uqtirib turadi.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling