O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali
Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Download 16.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqTanlab olingan sport
Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha Tirik organizmlar doimo tashqi muhit bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, undan o‘zlarining hayot faoliyatiga kerak bo'lgan moddalami o‘zlashtirib, o‘zining spetsifik moddalariga aylantiradi va parchalanish reaksiyalarining oxirgi mahsulotlarini ana shu tashqi muhitga chiqarib turadi. Boshqacha aytganda, tirik organizmlarda doimo bir vaqtning o‘zida juda ko‘p turlituman kimyoviy reaksiyalar sodir b o iib turadi. A m shu kimyoviy reaksiyalar majmuasini (yigindisini) moddaktr abmashinmn yoki metabolism nomi bilan yuritiladi. Metabolizm - bu ko‘pgina o‘zaro bog‘langan multiferment tizimlari ishtirokida ta’minlanadigan yuqori darajada muvofiqlashtirilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan hujayra faolligidir. Hujayrada metabolism quyidagi to‘rtta maxsus funksiyalami bajaradi:
- energiyaga boy oziqa moddalar (yog‘lar, uglevodlar, oqsillar)ni parehalash yo‘li yoki quyosh yorug'lik energiyasini tutib o‘zgartirish yo‘li bilan kimyoviy energiya bilan ta’minlash;
Assimilyatsiya va dissimilyatsiyani ikkita o‘ziga mustaqi! jarayonlar deb qarash mumkin emas. Bu o‘sha bitta jarayonning birbiridan ajratib bo‘lmaydigan, o‘zaro chambarchas bogMangan ikkita tomonidir. Masalan, assimilyatsiyaga oid boMgan organizm uchun spetsifik moddalarni sintezlash tashqaridan energiya sarflashni talab qiladi, organizm bu energiyani biologik oksidlanish jarayonidan, ya’ni dissimilyatsiya jarayonidan oladi. Metabolizmda plastik va funksional almashinuv, tashqi muhit bilan almashinuv va oraliq almashinuvlami farq qilish qabul qilingan. Plastik almashinuv deyilganda organizm uchun spetsifik boTgan moddalar - struktura moddalari, fermentiar, gormonlar, har xil sekretlar (shiralar), energiya manbalarining zaxiralarini sintezlashga olib keladigan kimyoviy reaksiyalarning kompleksi tushuniladi. Funksional almashinuv - bu hujayra, to‘qima va a’zolarni, xullas butun organizmning funksional faolliklarini ta’minlaydigan kimyoviy reaksiyalar kompleksi. Funksional almashinuv, asosan energiyaning bir turdan boshqa turga aylanish jarayonlari bilan bog’langan. Plastik va funksional almashinuviar o‘rtasida shu jarayonlarni amalga oshirish uchun kerak boMgan substratlar va ATFga raqobatchilik (konkurensiya) bo‘jadi. ATF - organizmda deyarli barcha energiya talab qiladigan biokimyoviy jarayonlar uchun universal, bevosita energiya manbayi bo'lib xizmat qiladi. Uning organizmdagi zaxirasi uglevodlar, yog‘lar va oqsillarning biologik oksidlanish jarayonlarida ajralib chiqqan erkin energiyani bir qismi hisobiga resintezlanib tiklanib turadi.Agar hujayra (yoki to‘qima) organ biror ish bajarayotgan bo‘lsa, asosiy energiya shu ishni bajarishga yo‘naltiriladi. Plastik almashinuvlaming reaksiyalari shu vaqtda energiya yetishmasligi sababli keskin sekinlashadi. J umladan, sportchi yuqori intensivlikdagi jismoniy mashqni bajarayotgan vaqtda, ayniqsa, uning ishlayotgan muskullarida deyarli barcha biosintez jarayonlari keskin sekinlashadi. Ishni tugatgandan so‘ng yoki funksional faollikni pasaytirgandan keyin, aksincha biosintez jarayonlari kuchayadi va asosiy qism energiya ana shu biosintez jarayonlarini ta’minlashga yo'naltiriladi. Tashqi muhit bilan almashinuv - organizmga oziqa mahsulotlari va kislorodni kirishi va almashinuvning oxirgi mahsulotlari (C 02, H20 , NH3, siydikchil)ni tashqi muhitga chiqarilishini o‘z ichiga oladi. Oralik almashinuv - bu organizmga kirgan kimyoviy birikmalar bilan sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar kompleksi. Oraliq almashinuv jarayonlarida hosil bo‘ladigan moddalar - metabolitlar deb ataladi. Muskullarning tuzilishi: Muskullarning asosiy funksiyasi - qisqarish va bo'shashish y o ii bilan barcha harakatlarni ta’minlash. Odam va hayvonlarda ikki tipdagi muskullar bo‘ladi - ko‘ndalang-targ‘uI (skelet) va silliq muskullar. Sport biokimyosi uchun skelet muskullari muhim ahamiyatga ega. Muskullarning struktura - funksional birligi bo‘lib, muskul tolalari xizmat qiladi. Muskul tolalari uch xil boMadi: oq tez qisqaradigan (FT), qizil sekin qisqaradigan (ST) va oraliq (FR) muskul tolalari. Biokimyoviy nuqtayi nazaridan ular asosan muskul qisqarishining energetik ta'minotini bioenergetik mehanizimlari bilan o‘zaro fàrqlanadi. Masalan, FT tolalarida asosan anaerob oksidlanish jarayonlarining fermentlari ko‘p bo‘ladi (glikoliz va glikogenoliz jarayonlari ferventlari, sarkoplazmatik kreatinkinaza va boshqalar), ST tolalarda esa - asosan aerob oksadlanish jarayoning fermentlari (uchkatbon kislotalar sikli, oksidianishli - fosforlanish, moy kislotalarining ß-oksidlanishi) hamda bularda mitoxondryalarning soni va hajmi ko‘p bo‘ladi va mioglabin oqsilining iniqdori ham yuqori bo‘ladi. Mana shu oqsil ST tolalarga qizil rang beradi. Boshqa tomondan olganda. bu har ikkala tur - FT va ST tolalarini har xii motoneyronlar innervatsiya qilganligi sababü ular turli vaqtda ishga kirishadi va tolalaming qisqarish teziigi har xil boMadi. Har xil muskullar o‘zlarining tarkibida bu tolalami turli nisbatda tutadi. Bu omil, yani odam muskullarida FT va ST tolalanr turli nisbatda tutilishi genetik moyil omil bo‘lib, organizimning individual rivojlanish jarayonida va sport mashqlanish jarayoning la'sirida o ‘zgarmaydi. Har bir muskul bir necha ming muskul tolalaridan tashkil topgan bo‘lib ularni biriktiruvchi qatlamlar va qobiqlar birlashtirib turadi. Muskul ko'p komponentli kompleks hisoblanadi. Muskulning tuzilishi haqida elementar tushuncha bodishi uchun, uning tarkibiga kiradigan strukturalarni va uni barcha tashkil etish darajalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bodadi. Har bir muskul tolasi - bu ko‘p yadroli gigant hujayra bodib, u rivojlanish jarayonida ko‘p hujayralaming qo‘shilishidan hosil bodgan. Har bir muskul bir necha ming muskul tolalaridan tashkil topgan va uning ishi barcha muskul tolalarining ishini qo‘shilishidan hosil bodadi. Muskul tolasi hujayrasi arqonga o‘xshash kodinishga ega. Bu ko‘p yadroli hujayraning uzunligi 0,1 dan to 2-3 sm (boldir muskuli 1 2 sm)gacha va yo‘g‘onligi 0,01 dan 0,2 millimetrgacha bodadi (33-rasm). Hujayra sarkolemma qobugd bilan o‘ralgan. Hujayraning ichidayadrosi (magdzi), miofibrillari bodadi. Miofibrillar vayadrolar orasidagi bo‘shliq sarkoplazma suyuqligi bilan todgan bodib, unda mitoxondriyalar, ribosomalar, sarkoplazmatik retikulum, Goldji apparati va boshqa hujayra organoidlari joylashgan. Muskul tolasi hujayrasining har bir struktura komponentlari o‘zining maxsus funksiyalarini bajaradi. Sarkolemma orqali moddalami tashilishi faol xususiyatga ega, ya’ni energiya (ATFning energiyasi) sariflanishi yo‘li bilan boMadi. Bu hujayralararo bo‘shliqdagiga nisbatan hujayralaming ichida ba’zi moddalarni yuqori konsentrasiyada to‘plashga imkoniyat tug‘diradi. Sarkolemmani tanlab o‘tkazuvchanligi muskui tolasida qo‘zg‘aluvchanlikning paydo boiishida muhim ahamiyatga ega. Sarkolemma hujayra ichida ko‘p miqdorda to‘planadigan K+ ionlari uchun o‘tkazuvchan. Shu bilan bir vaqtning o‘zida Na+ ionlarini hujayradan chiqaradigan “ion nasosini” (K+, Na' ATFazasini) tutadi. Natriy ionlarining hujayralararo bo'shliqdagi konsentratsiyasi K+ ionlarining hujayra ichidagi konsentrasiyasidan yuqori, bundan tashqari, muskui tolasi hujayrasining ichki qismida ko‘p miqdorda organik anionlar (sut va pirouzum kislotalari, fosfatlar va boshqalar) boladi. Etiboriz uchun rahmat Download 16.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling