O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi


Maksimal muskul kuchining muskul tolalaridagi sarkomerning uzunligiga va aktinning miqdoriga bog’liqligi


Download 1.5 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1542180
1   2   3
Bog'liq
Tezkorlik kuchlilik

Maksimal muskul kuchining muskul tolalaridagi sarkomerning uzunligiga va aktinning miqdoriga bog’liqligi
Mushak tolasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uning protoplazmasida (sarkoplazmasida), tolaning uzunchoq o’qi atrofida joylashgan ko’pgina yupqa (diametri taxminan 1 mkm) iplarning, ya’ni miofibrillalarning mavjudligidadir.
Miofibrillalar birin-ketin kelgan polyarizatsiyalangan (yorug’likni turli ravishda sindiradigan) disklardan iborat. Yorug’likni ikki yuzaga sindiradigan disklar oddiy mikroskopda qoramtir ko’rinadi va ular anizotrop disklar deb ataladi. Tolaning bu disklarga yondosh qismlari esa yorug’likni bir yuzada sindiradi, ular mikroskopda tiniq ko’rinadi va izotrop disklar deb ataladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar I harfi bilan belgilanadi.
Anizotrop disklar o’rtasida yorug’ H xoshiyasi ko’rinadi. Izotrop disklar o’rtasidan qoramtir Z chiziq o’tgan bo’lib, u yupqa membrana teshiklaridan o’tuvchi miofibrillalar shu membranaga birikkan. Shu tufayli, mushak tolasida parallel o’tuvchi miofibrillalar orqali disklarning qisqarishi vaqtida bir-biriga nisbatan siljib ketmaydi.
Targ’il mushaklarning miofibrillalari o’rta hisobda 2500 protofibrillalardan (iplardan) tuzilgan. Protofibrillalar miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho’ziq molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar aktin iplarga nisbatan ikki marotaba yo’g’onroq (diametri taxminan 10 nm). Mushak tolasi tinch holatda turganida, ingichka uzun aktinlarining uchlari yo’g’onroq va kaltaroq miozin iplari o’rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop disklar faqat aktin iplardan, anizotrop disklar esa miozin va aktin iplardan tashkil topgan. Anizotrop diskning o’rtasida aktin iplardan hosil bo’lgan H xoshiya joylashganligi ko’rinadi.
Miofibrillaning bir-biriga yaqin bo’lgan ikkita Z chiziqlar oralig’idagi qismi bir sarkomerni tashkil qiladi. Demak, miofibrilla birin-ketin takrorlanadigan juda ko’p sarkomerlardan iborat. har bir sarkomerga esa ikkita I disk va bitta A disk kiradi. Bo’shagan mushak tolasi sarkomerining uzunligi 3,6 mkm ni, tola qisqargan holatda esa 2,0-2,2 mkm ni tashkil qiladi.

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling