Oʻzbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi


Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik va maxsus uslublari


Download 47.3 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi47.3 Kb.
#1274795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Umumpedagogik uslublar va uning xarakteristikasi

Jismoniy tarbiyaning umumpedagogik va maxsus uslublari

Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi - jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o‘rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining maqsadi va vazifalari. Jismoniy tarbiyaning maqsadi - ruhiy tetik, tanasi chiniqqan, sog‘ligi mustahkam yoshlarni tarbiyalash. Qo‘yilgan maqsadga etishish uchun umumiy va maxsus ta’lim vazifalari majmuasini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining vazifalari quyidagilar;
➢ Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
➢ Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
➢ Pedagogika - tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
➢ Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish; ➢ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish;
➢ Har bir sportchiga taaluqli jismoniy sifatlarini rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish.;
➢ Har tomonlama jismoniy tarbiyalashda inson jismoniy tayyorgarligi uchun keng imkoniyat yaratish qonuniyatlarini o‘rganish;
➢ Jamiyat va davlatning jismoniy tarbiya mazmuni hamda natijasiga bo‘lgan talablarini aks ettiradigan darslik va me’yorlar yaratish;
Bizga yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, pedagogika fani ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarishini o‘rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga tarbiya, ta’lim, ma’lumot kiradi. Lekin, hozirgi pedagogikani taraqqiy etib borishida, asosiy pedagogik kategoriyalar qatoriga rivojlanish va shakllanishni ham kiritsa bo‘ladi. Tarbiya - o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik 8 ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir.
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tamonlama xarakterga egadir. O‘qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o‘ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijani beradi. Ta’lim jarayonini mazmunini bilim, ko‘nikma va malaka tashkil qiladi. Bilim – bu o‘quvchilar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bilimni hayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Ko‘nikma – mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisidir. Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Bilim asosida ko‘nikma va malaka paydo bo‘ladi. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur. Ma’lumot – ta’lim –tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
So‘zlab berish – bayon qilishning xikoya shakli. Ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida qo‘llaniladi.
Tasvirlash – bolada harakatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish usuli. Tasvirlash vaqtida harakatning o‘ziga xos belgilari ro‘yxati beriladi. Nima qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko‘rsatilmaydi. Undan dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni o‘rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va tajribalaridan foydalanishlari mumkin.
Tushuntirish - Harakatlarga ongli munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan.
Suhbat - Bir tomondan o‘z fikrini bayon qilishga, ko‘nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘qituvchiga muayyan ishni baholash, o‘quvchilarni bilishda yordamlashadi. Suhbat o‘qituvchining savollari va o‘quvchining javoblari ko‘rinishida yoki qarashlarni erkin aniqlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tahlil qilish - suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq (masalan, o‘yinlar) bajarilganidan keyin o‘tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo‘lishi mumkin, uni faqat o‘qituvchi o‘tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o‘quvchilar ishtirok etadilar, u suhbat ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni ko‘proq samarali echishga imkon beradi.
Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini singdirishda ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko‘rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan. O‘qituvchi ta’limda uslublar qo‘llanishini individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning yetakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida idrok etishning barcha ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish zarur.
Uslublarning yaxshi natija berishi ko‘pincha o‘quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan.
O‘qituvchining (yoki o‘qituvchi topshirig‘i bilan o‘quvchilarning) harakatni ko‘rsatishi ta’limning eng o‘ziga xos uslublaridandir. Ta’lim asosida ko‘rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi. O‘quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan aniqlanadi
1) ko‘rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati;
2) bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan mashqning murakkabligi optimal bo‘lishi kerak;
3) taqlid qilinadigan harakatlar to‘g‘risida o‘quvchining bilim darajasi bilan to‘laligini tasavvur qilish;
4) taqlid qilish uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z vaqtida sifatli nazoratning mavjudligi.
Jismoniy mashqni ko‘rsatishga ba’zi bir uslubiy talablar:
1. Ko‘rsatish har doim so‘zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog‘i kerak.
2. Ko‘rsatishning mazmuni ta’limning vazifalariga muvofiq bo‘lishi majburiydir:
3. Ko‘rsatish vaqtida o‘qituvchining emotsional holatida o‘quvchilar taqlid qilishga intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun foydalanish zarur.
4. Oynali ko‘rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim berishning uslublari ko‘p, biroq ulardan birortasi ham universal bo‘la olmaydi. Ta’lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to‘g‘ri yo‘l topib olishga va o‘qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish usullari, o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishi, o‘quvchilarning o‘z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli.
Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi.
Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi.Uslublarning har xil belgilari bilan muvofiqlikda ularning bir nechta turkumlari mavjud. Masalan, birinchidan, ijodiy yoki ko‘rgan-eshitganlarini oddiy esda saqlash ko‘rinishida bolaning bilish faolligi xarakterini aks ettiruvchi usullar; ikkinchidan, namoyish qilib ko‘rsatish, so‘z yordami bilan bilim va ko‘nikmalar hosil qilish usullari; uchinchidan, harakatlarni bajarish, kuzatish, tinglash yo‘llari bilan o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi usullari. Qayd qilingan uchta turkumdan jismoniy tarbiyada eng ko‘p tarqalgani uchinchi usul hisoblanadi.
O‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalar berishning usullari bo‘yicha ta’limning barcha uslublari uch guruhga bo‘linadi. Uslublarning uchala guruhi o‘quvchi organizmi tizimlarining har xil analizatorlar yordamida o‘rganilayotgan harakatlar bilan tanishishini ta’minlaydi: bola tinglaydi, kuzatadi, harakat jarayonining o‘zini sezadi. Ishga signalli tizimning ikkalasi jalb qilinadi. O‘rgatish vaqtida amaliy uslublar alohida ahamiyat kasb etadi.
Qat’iy tartiblashtirilgan uslub - mazkur uslub harakatli mashqlar (yoki ularning elementlari)ni qat’iy tartiblashtirilgan sharoitlarda ko‘p marta qayta takrorlashdan iboratdir, undan quyidagi holatlarda foydalaniladi:

  • qat’iy belgilangan harakat dasturida (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishi va bir-biri bilan aloqasi tartibi);

  • yuklamani qat’iy me’yorlashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarishda;

  • dam olish oraliqlarini qat’iy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan navbatlashda.

Bu uslub yuklama miqdorini oshirish, dam olish bilan navbatlash va h.k., harakatlarni qattiq tartiblashtirish shakllari, harakatning ko‘p marta bajarilishi bilan tavsiflanadi. Bu guruhga tegishli uslublar bir-birini to‘ldiradi va ko‘pgina shartlar bilan muvofiqlikda qo‘llaniladi. Ular o‘quv vazifasini aniqlaydi: o‘quvchilarning guruhli va shaxsiy xususiyatlari, ta’lim bosqichlari, o‘quv materialining mazmuni va xarakterini, ta’limning mahalliy sharoitlari hamda o‘quv vositalarining mavjudligi (asbob-anjomlar, jihozlar) va boshqalarni aniqlaydi.
Bu uslubning mohiyati harakatning alohida qismlarini ularning kelgusida yaxlit qilib qo‘shilishini nazarda tutib dastlabki o‘rgatilishidan iborat. Bu uslubning to‘laqonli singdirilishi ko‘pincha harakat faoliyatini taqsimlab yuborish zarurati va imkoniyatini tushunish bilan bog‘liq. Shuningdek, amaliy mahorat ta’limning vazifalari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Murakkab harakat uni tashkil etuvchi unsurlarning mexanik tarzda qo‘shilishi natijasini ifodalaydi. Taqsimlab yuborish qismlar bo‘yicha o‘rgatish uslubining o‘ziga xos xislatidir. Biroq qismlarni o‘rgatishning o‘zi birdan-bir maqsad emas. U faqat yaxlit xarakatlarning o‘rganilishini yengillashtirishning boshlang‘ich bosqichiga xizmat qiladi. Tugallanish – umuman asosiy harakatdir. Yakunlovchi mashq biror-bir harakatning yaxlitligicha ta’lim vazifalarini taxminiy echish orqali o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. Yakunlovchi mashqlar tizimini yaratishga harakatni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan uning ma’lum unsurlarini ajratish va qismlarga bo‘lib yuborish yo‘li bilan erishiladi. Yakunlovchi mashqlar miqdori, harakatni taqsimlab yuborish xususiyati ularni qo‘llash muddati va navbatiga bog‘liq. Bularning hammasini o‘qituvchi o‘rgatiladigan harakatning murakkabligi va o‘quvchilar tayyorgarligini hisobga olgan holda ta’limning aniq vazifalariga tadbiqan aniqlashi kerak.
Musobaqa uslubi musobaqalarga xos bo‘lgan ko‘pgina belgilarga ega. Musobaqa o‘yin kabi keng tarqalgan ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Musobaqa ishlab chiqarish faoliyatida, san’atda, sportda va hayotning xilma-xil sohalarida faoliyatni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya sohasida musobaqalashish usuli mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida ham, mustaqil o‘yin shaklida ham qo‘llaniladi.
Musobaqalashish usulini birmuncha ravshan tavsiflovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir
Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va o‘tkazish sharoitlarida raqiblik qilish omili muhim fiziologik sharoit va hissiy kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy mashqning ta’sirini oshiradi va organizmning funksional imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, asosan, sport musobaqalarida raqiblarning o‘zaro to‘qnashuvlari o‘yindagiga qaraganda ancha ko‘proq namoyon bo‘ladi. Musobaqa hamma vaqt biror-bir qoida bilan tartiblashtirib turiladi.
Musobaqa usulidan mashg‘ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida ham foydalansa bo‘ladi. Masalan: dars boshlanishidan oldin safga tortishni musobaqa usuli bilan boshlab, zaldan chiqishni ham shu usulda tugallagan holda jismoniy tarbiya darsini o‘tkazish mumkin.


Download 47.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling