Oʻzbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi
II.Bob. Jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari
Download 47.3 Kb.
|
Umumpedagogik uslublar va uning xarakteristikasi
II.Bob. Jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari
2.1. Jismoniy tarbiya tizimining tashkiliy asoslari Zero o‘tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o‘tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi va kelajakka yo‘naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko‘p darajada asos bo‘ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Hozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoqlari sifatida kuyidagilarni keltirib o‘tamiz. Sport pedagogikasi - jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish va shu jarayonlarni boshqarishda ta’lim va tarbiyaning maqsadi, mazmuni va qonuniyatlarini o‘rganadi. Yosh davrlari pedagogikasi - mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-tashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning o‘quv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi. Katta yoshdagilar pedagogikasida - oliy o‘quv yurti shart-sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan. Jismoniy tarbiya shakllari davlat rahbarligida va jamoatchilik asosida birga olib borilishidan iborat. Davlat va jamoatchilik shakllarining birligi jismoniy tarbiyaning ikkala shaklining tashkiliy asosini yaratadi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishning davlat shakli, maktabgacha muassasalarda, umumta’lim maktablarida, litsey, o ‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida va oliy o'quv yurtlarida, harbiy boiim va boshqa kategoriyadagi tashkilotlarda jismoniy mashqlar, sport mashg‘ulotlarini davlat dasturi talablariga ko‘ra o ‘tkazilishi majburiydir. Dastur talablarini bajarish uchun rahbarlar, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar: o‘qituvchilar, muallimlar, trener-instruktorlar davlat oldida javob beradilar. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning asosiy rahbar organi Madaniyat va sport ishlari vazirligidir. Bunga taalluqli qo‘mitalar respublikalarda, viloyat, tuman, o‘lka va avtonom respublikada mavjud. Davlat yo‘li orqali, jism oniy tarbiya masalalarining formalarini tashkil qilish bilan birqancha vazirlik, qo‘mita va boshqarmalar shug'ullanadi. Ulardan asosiylari: Respublika Xalq ta’limi vazirligi (bolalar yaslisi, bog‘- chalari, um um ta’lim maktablari, har xil tipdagi maktabinternatlar, bolalar va o ‘smirlar sport maktablari); Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligi (kollejlari, institutlar, bolalar saroylari va boshqalar). Mudofaa vazirligi (harbiy bo‘linmalar, kollej, litseylar, maktablar, institutlar, akademiyalar). Sog‘Iiqni saqlash vazirligi (meditsina bilim yurtlari va institutlari, davlat fizkultura kabinetlari, shifokor-flzkultura dispanserlari, sog‘lomlashtiruvchi muassasalar). Madaniyat ishlari vazirligi (madaniyat va istirohat bog‘lari, klublar, bilim yurtlari, institutlar). Ichki ishlar vazirligi (bo’linmalar, bilim yurtlari, maktablar, akademiyalar). Milliy xavfsizlik xiznnati va bosliqalar. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya ijtimoiy-ko‘ngilli, jamoatchilik asosida ham olib boriladi. Bu turning asosiy vazifasi, ommaviy jismoniy harakati jarayonini jadallashtirishdan iborat. Aholini jismoniy tarbiya va sport gn jalb etuvehi jamoatchilik shaklining amaliyoti muntazam ravishda takomillashib, uning yangi shakllari vujudga kelmoqda. Masalan, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari uchun „Umid nihollari", „Barkamol avlod universiadasi“. Faqat oxirgi yillarda jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlarining tashabbusi bilan qator tashkiliy shakllari vujudga keldi: „Salomatlik guruhlari", „ llavaskor yuguruvchilar klubi“, ,,Aerobika“, „Salomatlik so‘qmog'i“, „Hamma brigada bilan stadionga“ , katta yoshdagi aholi uchun „Quvnoq startlar“, „Charm to‘p“, „Oltin shayba" va bolalar uchun ko‘pgina boshqa musobaqalar, ayniqsa, ommabop musobaqalardan „Onam, otam va men — sport oilasi" keng yoyilib bormoqda. Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, akademik litsey-kollejlari, sanoat birlashmalari, davlat va jamoa xo‘jaliklari, uy-joy ekspluatatsiyasi o'rtoqliklari (UJEO‘lar), armiya bo‘linmalari va hokazolar qoshida tashkil etiladi. Ko‘ngilli — jamoalarning boshlang‘ich tashkiloti, quyi jismoniy tarbiya va sport jamoalari yoki sport klublari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bularning soni 250 mingdan ortiq bo‘lib, 75 million shug‘ullanuvchini o‘zida birlashtiradi. Ijtimoiy jismoniy tarbiya va sport harakatini kasaba uyushmalar boshqaradi. Bu asos jismoniy tarbiyaning amaliy ahamiyati, jamiyatimizda uning amaliy o‘rni bilan izohlanadi. Jismoniy tarbiyaning mehnat va mudofaa amaliyoti bilan bog‘liqligi asosiy jismoniy tarbiya tizimi odamlarni mchnatga va mudofaa faoliyatiga tayyorlashda bosh va/.ifani o'taydi. Zamonaviy harbiy texnikaning rivojlanish darajasining yuqori bo‘lishi inson omilining ahamiyatini oshiradi. Shuning uchun harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligiga juda katta ahamiyat berilishi kerak. Jismoniy mashqlar professional tayyorgarlikni almashtira olmaydi, ammo yaxshi harakat tayyorgarligi, yaxshi „harakat maktabini“ tez o ‘zlashtirib olish, harakat faoliyatlarini va harbiy mutaxassislikni tezroq va yaxshiroq o ‘zlashtirishga imkon beradi. Ilmiy tadqiqotlar ko'rsatishieha, zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, jismoniy tarbiya mehnatning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Bu — odamlarning salomatligini tiklab, saqlabgina qolmasdan, yuqori mehnat qobiliyatini ham tiklaydi. Jismoniy madaniyat sportchi yoshlarni mehnatga tayyorlashda mehnat jamoalarida ko‘nikma hosil qilishga yordam beradi. Awal, fizkultura va sport bilan shug‘ullangan yigit va qizlar uchun yangi sharoitda mehnat resurslarini o‘zlashtirib olish uchun 1,5—2 martaba vaqt kam sarflanadi. Eng takomillashgan jismoniy tarbiya tizimi ham, moddiy ta’minotsiz va mutaxassislikka o'qitmasdan, o‘z oldiga qo‘ygan vazifani hech qachon hal etolmaydi. Mamlakatimizning 25 o ‘quv va 3 ilmiy-tekshirish institutlari, pcdagogika institutlari va universitetlari qoshida 10 jismoniy tarbiya fakultetlari, 100 dan ortiq akademik litsey va kollejlari qoshida jismoniy tarbiyani amalga oshirish va boshqarish kadrlari, trenerlar va mutaxassislar tayyorlanadi. 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga ommaviy informatsiya manbalari: radio, matbuot, televideniyada katta e’tibor beriladi. Shu tashviqot ishlari tufayli, jismoniy tarbiya sohasida maxsus bili.mlar va axborotlar tarqatish imkoni tug‘ildi. 0 ‘zbekistonda ,,Sport“, ,,Futbol“ gazetalari, ,,Kurash“, „Fan — sportga“ jurnallari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining moddiy-texnik bazasi muntazam ravishda o ‘sib, mustahkamlanib bormoqda. Davlat budjeti salomatlikni saqlash va jismoniy tarbiya va sport uchun belgilangan mablag‘ ajratadi. Bu manbalarga kasaba uyushmalari, sanoat korxonalari ajratgan mablag1 laming m a’lum summasi ham qo'shiladi. Download 47.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling