O‘zbekiston respublikasi standarti
ichida qo‘shish va ayirish (54 soat)
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
100 ichida qo‘shish va ayirish (54 soat) 37
100 ichida o‘nliklarni qo‘shish va ayirish. 100 ichida ikki xonali songa bir xonali sonni qo‘shish: 20 + 3, 32 + 6, 7 + 60, 4 + 83 ko‘rinishdagi ifodalar. 100 ichida ikki xonali sondan bir xonali sonni ayirish: 23 – 3, 48 – 6 ko‘rinishdagi ifodalar. 100 ichida ikki xonali songa ikki xonali sonni qo‘shish: 30 + 12, 24 + 40, 24 + 34, 13 + 76 ko‘rinishdagi ifodalar. 100 ichida ikki xonali sondan ikki xonali sonni ayirish: 47 – 17, 78 – 35 ko‘rinishdagi ifodalar. Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavslardan foydalanish. Hafta. hafta kunlari va sanog‘i. 23 + 7, 4 + 76, 32 + 18, 18 +72, 68 + 32,30 – 6,60 – 35,100 – 7,100 – 62 ko‘rinishdagi ifodalar. O‘tilgan mavzularga doir bir amalli sodda masalalarni yechish. Uzunlik birliklari – santimetr, desimetr, metr orasidagi munosabat. Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchash (desimetr va santimetr hisobida). Xona tomonlarini o‘lchash (metr va santimetr hisobida). Berilgan uzunlikdagi kesmani chizish (desimetr va santimetrdan foydalanib). To‘rtburchak va uning turlari.
Bir xonali sonlarni 10 gacha to‘ldirish. + 2, + 3, + 4, + 5, + 6, + 7, + 8, + 9 ko‘rinishdagi ifodalar. Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash. Masalalarni ikki usul bilan yechish. Kvadrat (to‘g‘ri to‘rtburchak), to‘g‘ri to‘rtburchak qarama-qarshi tomonlarining xossalari. Katak daftarga to‘g‘ri to‘rtburchakni (kvadratni) chizish. Burchaklarning turlari.
Ayirish usullari. 11– , 12 – , 13 – , 14 – , 15 – , 16 – , 17 – , 18 – ko‘rinishdagi ifodalar. Qo‘shish va ayirish yordamida sonlarni taqqoslash. 18 ichida bir xonali sonlarni ayirish jadvali. O‘tilgan mavzularga doir sodda masalalar. Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabat. Soatdan vaqtni aniqlash.
Yuz ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirish. 18 ichida xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Qo‘shish va ayirishni tekshirish. O‘tilgan mavzularga doir masalalar. Ko‘pburchak elementlari. To‘g‘ri burchak. To‘g‘ri burchakdan katta yoki kichik burchaklar. Katak daftarga to‘g‘ri burchak chizish. Siniq chiziqning uzunligi. Ko‘pburchak perimetri.
Sonli ifodalar. Sonli ifodalarni taqqoslash. 38+5, 42–5 ko‘rinishdagi ifodalarni og‘zaki hisoblash. Harfli ifodalar. Tenglama. Tenglamalarni tanlash usuli yordamida yechish. x +56 = 79, 56 + x = 79, x – 24 = 41, 69 – x = 23 ko‘rinishdagi tenglamalar. Ikki va uch amalli (qavssiz) ifodalar. Qavsli ifodalar. Ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo‘shish va ayirish (sodda ko‘rinish). 47 + 36, 56 +24, 63 +37 ko‘rinishdagi ifodalar. 40 – 6 ko‘rinishdagi misolni ustun shaklida yechish. 60 – 37, 63 – 37 ko‘rinishdagi ifodalar. a +49, 91–b ko‘rinishdagi ifodalar.
38
O‘tilgan mavzularga doir 1–3 amalli sodda masalalar yechish.
Ko‘paytirish. Ko‘paytirishning mahnosi. Ko‘paytirish bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish. Amalning atalishi va belgilanishi. 2 sonini bir xonali songa ko‘paytirish. Bir xonali sonni 2 soniga ko‘paytirish. 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa ko‘paytirish. Bir xonali sonni 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9)ga ko‘paytirish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish jadvali. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi. Ko‘paytirish amali bilan yechiladigan masalalar. Doira, aylana. Aylana markazi, radiusi, diametri.
Bo‘lish. Bo‘lish amalining mahnosi. Amalning atalishi va uning belgilanishi. Teng qismlarga bo‘lish. 2 ga bo‘lish va bo‘linmada 2 chiqadigan songa bo‘lish. Ko‘paytirish va bo‘lishga oid sodda masalalarni yechish. 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa ko‘paytirish. Bir xonali sonni 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) ga ko‘paytirish. 3, 4 , 5, 6, 7, 8, 9 sonlariga bo‘lish va bo‘lishda bo‘linma, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ga teng bo‘ladigan songa bo‘lish. Bir xonali songa bo‘lish jadvali. O‘tilgan mavzularga doir masalalar. O‘zaro teskari masalalar. Masala shartini yozishning jadval usuli. Millimetr (mm). Millimetr, santimetr, desimetr, metr orasidagi munosabatlar. Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish, qismlarni taqqoslash. Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir, kichik shakldan katta shakl tuzishga doir masalalar.
Sonni 1 ga va 1 ni songa ko‘paytirish. Sonni 0 ga va 0 ni songa ko‘paytirish. Sonni 1 ga va o‘z-o‘ziga bo‘lish. Sonni 0 ga bo‘lish mumkin emasligi. Sonni 10 ga, 10 ni songa ko‘paytirish. Sonni 10 ga bo‘lish. Arifmetik amallar ishtirokidagi ifodalar. 2–3 amalli (qavs va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Nomahlum ko‘paytiruvchini, nomahlum bo‘linuvchini topish. x + 2 = 10, 5 + x = 8, x – 3 = 8, 10 – x = 2, x · 2 = 12, 20 : x = 5, x : 3 = 4, 6 · x = 18 ko‘rinishdagi tenglamalarni yechish. Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish. Sonlarni bo‘lish yordamida taqqoslash. O‘tilgan mavzularga doir masalalar. Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira. SHakllarni taqqoslash va bo‘yash. Bo‘laklari bo‘yicha shaklni yasash va bo‘laklarga ajratish. Katak daftar varog‘iga chizilgan shakllar. Uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar chizilgan kataklar sonini sanab chiqish. CHo‘pdan shakllar yasash.
2-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va umumlashtirish (10 soat) Jadval ichida ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvali. Arifmetik amallar ishtirokidagi ifodalar. Tenglamalar. Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish (36 soat) 20 3, 3 20, 60 : 3, 100 : 2, 90 : 30 ko‘rinishdagi ifodalar. Yig‘indini songa ko‘paytirish. 23 4, 4 23 ko‘rinishdagi ifodalar. Sonni yig‘indiga ko‘paytirish.
39
Harfli ifodalarning qiymatini topish. Yig‘indini songa bo‘lish. 39 : 3, 42 : 3, 72 : 3 ko‘rinishdagi ifodalar. Bo‘lishni tekshirish. Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish. Ko‘paytirishni tekshirish. Qoldiqli bo‘lish. Qoldiqli bo‘lishni tekshirish. Uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish. O‘tilgan mavzularga doir masalalar.
Yuzliklar. Yuzlik, o‘nlik va birliklardan sonlarni hosil qilish. Uch xonali sonlar. Minglik, yuzlik, o‘nlik va birliklar orasidagi munosabatlar. Uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash. Uch xonali sonlarni taqqoslash. x : 2 = 5 ko‘rinishdagi tenglamalar. Burchaklarning turlari: to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas. Uchburchaklarning turlari: teng tomonli, teng yonli, turli tomonli. Geometrik shakllarni belgilash uchun harflarni qo‘llash. Uzunlik o‘lchovi birliklari: millimetr, santimetr, desimetr, metr, kilometr. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari. 240 + 80, 240 – 80, 320 + 250, 580 – 350 ko‘rinishdagi ifodalar. Yozma qo‘shish va ayirish. Xonadan o‘tmasdan qo‘shish. Xonadan o‘tmasdan ayirish. O‘nlikdan o‘tib qo‘shish. Yuzlikdan o‘tib qo‘shish. O‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib qo‘shish. O‘nlikdan o‘tib ayirish. Yuzlikdan o‘tib ayirish. O‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish. 504–265 ko‘rinishdagi ifodalar. x + 125 = 142, 156 + x = 342, x – 125 = 142, 236 – x = 158 ko‘rinishdagi tenglamalar. O‘tilgan mavzularga doir masalalar. Massa o‘lchov birliklari: gramm, kilogramm, sentner, tonna va ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish). Vaqt o‘lchovi birliklari: minut, soat, kun, hafta, oy, yil. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (umumlashtirish).
Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish. Sonni 10, 100 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 30 4, 200 3, 320 3, 800 : 4, 490 : 7, 600 : 20, 900 : 300, 240 : 30 ko‘rinishdagi ifodalar. Yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Xonadan o‘tmasdan ko‘paytirish. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi (takrorlash). O‘nlikdan o‘tib ko‘paytirish. Yuzlikdan o‘tib ko‘paytirish. O‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ko‘paytirish. 396 : 3, 346 : 2, 852 : 4, 216 : 3, 276 : 4, 668 : 4, 735 : 7 ko‘rinishdagi ifodalar. Ko‘paytirishni bo‘lish orqali, bo‘lishni ko‘paytirish orqali tekshirish. Qoldiqli bo‘lish va natijasini tekshirish. x 4 = 140, 3 x = 126, x : 9 = 53, 595 : x = 7 ko‘rinishdagi tenglamalar. a + b, a – b, a b va a : b ifodalarning qiymatini topish. O‘tilgan mavzularga doir masalalar. Rim raqamlari. Vaqt o‘lchovi birliklari: sekund, asr. Vaqt o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar (umumlashtirish). Raqamli soat. O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash (10 soat) 4-SINF (170 soat) 3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish (6 soat) To‘rt arifmetik amal. 2, 3 va 4 amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Uch xonali sonlarni bir xonali songa qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish. Kattaliklarni qo‘shish va ayirish.
40
KO‘P XONALI SONLAR Raqamlash (22 soat) Minglik sanoq birligi. Ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish. Birlar, minglar va millionlar sinfi. Birlar va minglar sinfida I, II, III xonalar, ular orasidagi munosabat. Ko‘p xonali sonlarni taqqoslash. O‘nli sanoq sistemasi. Sonni uning xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash. Uzunlik, massa va vaqt o‘lchovi birliklari (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish). O‘rganilgan mavzularga doir masalalar. Geometrik shakllar: doira, uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, ko‘pburchak. Ushbu shakllar haqidagi bilimlarni umumlashtirish.
Qo‘shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish). Bir necha sonni qo‘shishda qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanish. Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi, hisoblashlarda ularni qo‘llash. qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari. Tezlik. Vaqt. Masofa. 1 000 000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish. Qo‘shish va ayirishni o‘z ichiga olgan 2–3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalar, ularning qiymatlarini hisoblash. Kattaliklarni qo‘shish va ayirish. x + 316 = 654 + 85; 729 – x = 217 + 163, x – 137 = 500 – 140 ko‘rinishidagi tenglamalar. O‘tilgan mavzularga doir 2 va 3 amalli masalalar, ularni tenglamalar tuzib yechish. Massa birligi: gramm, kilogramm, tonna, ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish). Doira va aylana markazi, radiusi va diametri (umumlashtirish). Sirkul yordamida berilgan radiusli doira (aylana)ni chizish. Ko‘paytirish va bo‘lish (105 soat) Ko‘paytirish va bo‘lish (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish). Ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. 6 · x = 426 + 120, x : 18 = 270 – 50, 360 : x = 630 : 7 ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechish. Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish usullari. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari. O‘zgaruvchilar yordamida ko‘paytirish va bo‘lish xossalarini yozish. 10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish. Ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa ko‘paytirish. Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa bo‘lish. Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa ko‘paytirish. Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa yozma bo‘lish. Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2, 3 va 4 amalli ifodalar. Masofa, vaqt va tezlik orasidagi bog‘lanish. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 3 va 4 amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar. Kattaliklarni bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish. Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi harakatlarga, o‘tilgan mavzularga doir 2, 3 va 4 amalli masalalar yechish. Qo‘shish, ayirish, ko‘patirish va bo‘lish amallarini o‘z ichiga olgan 2 va
3 amalli masalalar. SHakllarning yuzi haqida tasavvur. To‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat)ning yuzi. Yuz birliklari: kvadrat santimetr (kv. sm), kvadrat desimetr (kv. dm), kvadrat metr (kv. m). To‘g‘ri to‘rtburchaklar (kvadrat)ning perimetri va yuzini topishga doir masalalar.
41
UZLUKSIZ MAJBURIY TA‘LIM MUASSASALARI UCHUN TABIAT TA‘LIMINING O‘QUV DASTURI 1-SINF Atrofimizdagi olam o‘quv dasturi (33 soat, haftasiga 1 soatdan) Kirish (5 soat) Bizning maktab. Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqalar. Bizning sinf. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish. Bizning mahalla. Men yashaydigan manzil. Mahallamiz manzarasi: ko‘chalari, uylari, do‘kon, bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi. Ko‘chada yurish qoidalari. Piyodalar uchun yo‘lak, chorraha, yo‘lning o‘tish joyi, svetofor. Transportda yurish qoidasi. 1-sinf o‘quvchisining kun tartibi. SHaxsiy gigiena qoidalari. SHamollashdan va yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo‘lish. Ovqatlanish qoidasi.
Quyosh. Quyosh yorug‘ligi va issiqligining atrofimizdagi tabiat uchun ahamiyati. Ob-havo. Yil fasllari. Yil fasllarida ob-havoning turlicha bo‘lishi. Kuzda o‘simliklar hayoti. O‘simlik mevalarining pishishi, barglarining sarg‘ayishi va to‘kilishi. Kishilarning kuzdagi mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi. O‘simliklar dunyosi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. O‘simlik qismlari. Xona o‘simliklari. Xona o‘simliklarining o‘sish sharoiti. Bog‘da (hovlida, tomorqada) o‘stiriladigan gullar: atirgul, chinnigul, rayhon va boshqalar. Hayvonot olami. Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk. Ularning odamlar uchun ahamiyati. Yovvoyi hayvonlar: bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sher, ilon, baliq, baqa va boshqalar. Qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, mayna, qarg‘a, bulbul, sahva, kabutar, musicha. Hasharotlar: kapalak, ninachi, pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak. Qish faslining manzarasi. Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi. Biz foydalanadigan jihozlar (4 soat) Atrofimizdagi narsalar: uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari. Bizga zarur bo‘lgan narsalarni tayyorlayotgan kishilar mehnatini qadrlash. Oshxonadagi gazdan foydalanish. Yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari. Elektr asboblari: lampochka, televizor, radio, magnitofon, videopleyr, muzlatgich, dazmol va boshqalar. Ulardan foydalanish. Kompyuter. Bizning o‘lka (9 soat) Biz yashayotgan o‘lka O‘zbekiston. O‘lkamizdagi tog‘lar, dalalar, yaylovlar, cho‘llar, o‘rmonlar, daryolar mavjudligi. Suv obi hayot. Suvni muhofaza qilish va tejamkorlikda sarflash. Salom bahor. Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. Dalalarga ekinlarning ekilishi. Navro‘zi olam. O‘lkamizda Navro‘z bayrami. Men yashaydigan qishloq (shahar) tabiati. Bizning bog‘. Bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish. Ularning gullashi va meva tugishi. Biz va tabiat. Tabiat qo‘yniga sayohat qilish. Tabiatni asrash. Salom yoz. Yozda tabiat manzarasi. Yozda kishilar mehnati. Yozgi tahtilda tabiat qo‘ynida dam olish. O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat) 42
2-SINF Atrofimizdagi olam o‘quv dasturi (34 soat, haftasiga 1 soatdan) Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (3 soat) Atrofimizdagi olam. Sezgi organlari: ko‘z, quloq, burun, til, teri. Jism va moddalar. Suvning uch holati: muz, suv, bug‘. Ob-havo. Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Ob-havoning mahalliy belgilari. Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.
Yil fasllari. Fasllarning almashishi. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma holatlari. Kuz — hosil yig‘iladigan fasl. Paxta Vatanimiz boyligi. Paxta yig‘im-terimi. Kuz noz-nehmatlari. O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish. Ijtimoiy foydali mehnat. Maktab hovlisi va sinfxonani ozoda tutish. Maktab yer uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish. Kuzda hasharotlar hayoti. Foydali va zararli hasharotlar. CHumolilarning hayoti. O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. Xazonrezgilik. Barglardan gerbariy tayyorlash.
Yer sayyora. Globus. Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi. Yer yuzasining tuzilishi. Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar. Suv — hayot manbai. Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari. Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund. Qish (3 soat) Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi. Kishilarning qishdagi mehnati. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash. Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash. Uy va hayvonlarning qishdagi hayoti. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.
Tana gigienasi. Tanani ozoda tutish. Tishni parvarish qilish. Tish cho‘tkasi va pastasidan foydalanish. Ovqatanish gigienasi. Odam organizmi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar. Oziq-ovqat piramidasi. O‘lkamizda bahor (8 soat) Navro‘z — yangi kun. Sumalak Navro‘z taomi. Navro‘z shodiyonalari. Bahorda o‘simliklar hayoti. Erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning gullashi. O‘simliklarni ko‘paytirish. O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi. Bahorda kishilar mehnati. Dalalarda ekinlarni ekish. Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. Bog‘larda mevali daraxtlarni parvarish qilish. Bahorda hasharotlar hayoti. Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi. Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish. O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar. Uy hayvonlarining ahamiyati. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o‘rni. Tabiat va inson (3 soat) Insonning tabiatdan foydalanishi va unga tahsiri. Tabiatni muhofaza qilish. SHahar bilan qishloq, ular orasidagi farq. O‘lkamizda yoz. Yoz o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.
43
3-SINF. Tabiatshunoslik (34 soat, haftasiga 1 soatdan) Kirish (1 soat) Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? Tabiat. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari. Tabiatda suv va havo (4 soat) Er usti suvlari. Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari. Suv – hayot manbayi. Suvning ahamiyati. Suvning xususiyatlari. Suvni muhofaza qilish va tejash. Tabiatda havo. Havo nima? Havoning ahamiyati. SHamol qanday paydo bo‘ladi? Ob-havo. Ob-havo nima? Havo harorati. Yog‘inlar. Ob-havoning mahalliy belgilari. Tabiatda suvning aylanishi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling