Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va o‘smirlarning ta‘limga bo‘lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini tashkil etadilar. Uni takomillashtirish uchun:
ta‘lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko‘paytirish;
o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etishning;
ommaviy sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |