O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


II. Qarzdorlikni qoplash hisobiga Bank balansiga


Download 219.06 Kb.
bet4/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

II. Qarzdorlikni qoplash hisobiga Bank balansiga
qabul qilingan mol-mulkni sotish tartibi

2.1. Bank tomonidan qarzdorlarning majburiyatlari (ijro jarayoni doirasida, bankrotlik (tugatish) doirasida, zararni qoplash bo‘yicha jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan voz kechiladigan yoki boshqa asoslarga ko‘ra olingan) bo‘yicha mol-mulk ko‘rinishidagi asosiy bo‘lmagan aktivlarni sotish “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-ayksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bobi 1-§ va 2-§ (elektron onlayn auksionlarni narxni oshirish usuli bilan olib borish) va 3-§ va 4-§ (takror elektron onlayn auksionlarni o‘tkazish) tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qaroriga 1-ilova) (bundan keyin matnda – Elektron onlayn-auksionlar to‘g‘risidagi Nizom).


2.2. Qarzdorning Bank oldidagi majburayatlarini to‘liq qoplay olmaydigan garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishda mazkur ob’yektni sotuvga qo‘yilishidagi bosqichlarning har biri alohida shartlarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda alohida shartlarga muvofiq auksion g‘olibiga yuklatilgan mablag “E-auksion” elektron kimoshdi savdosiga qo‘yilgan ob’yekt qiymatining 50% dan oshmasligi shart.
2.3. Asosiy bo‘lmagan aktivlarni, shu jumladan, alohida shartlarni inobatga olgan holda sotilishi va qo‘llanilishi quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
- Bank Kredit Qo‘mitasi va Aktiv va passivlarini boshqarish Qo‘mitasi tomonidan – Bankning Banklararo hisob-kitob markazi (BHKM) balansidagi mavjud (yoki hisobga olinadigan) kreditlar bo‘yicha;
-  Sotishga alohida shartlarining qo‘llanilishi mol-mulkni sotish va keyinchalik Qarzdorning Bank oldidagi majburiyatlarini qoplash yuzasidan xulosaga asosan Toshkent shahar Bosh boshqarmasi/Qoraqalpog‘iston Respublikasi/viloyatlar filiallarining Kredit Qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish Ishchi guruhlari tomonidan – filial kreditlari bo‘yicha.
2.4. Ob’yektni kimoshdi savdosiga qo‘yish va Tashkilotchi bilan shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha tartib-tamoyillar o‘tkazilganidan so‘ng Kredit qarzdorliklarini undirish departamenti belgilangan tartibda Tashkilotchiga barcha ilovali muhim hujjatlar bilan elektron arizasini taqdim etadi.

Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling