O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


 Sotish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi. III. Birinchi bosqich. Asosiy bo‘lmagan aktivlarni to‘liq to‘lov shartida sotish


Download 219.06 Kb.
bet5/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

2.5. Sotish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.

III. Birinchi bosqich. Asosiy bo‘lmagan aktivlarni
to‘liq to‘lov shartida sotish


3.1. Ob’yektni sotish “E-auksion savdo platformasida narxlarni oshirgan holda elektron onlayn-auksion o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda ob’yektning boshlang‘ich qiymati qo‘shimcha qiymat solig‘ini kiritgan holda ushbu Nizomning 2.4-bandiga muvofiq mol-mulkni balansga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan qiymat miqdorida belgilanadi.
Agar mol-mulk 1 (bir) yildan ortiq muddat davomida Bankning balansida turgan taqdirida elektron auksion savdosiga qo‘yiladigan ob’yektning bozor narxini aniqlash maqsadida uni qayta baholashni o‘tkazish mumkin.
3.2. O‘tkazilgan savdolarning natijalari va hisob-kitoblarning tartibi tashkilotchining elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning qoidalariga muvofiq olib boriladi.
Mazkur bosqichda ob’yekt sotilmagan taqdirida 2.1-bandda ko‘rsatilgan elektron onlayn-auksionlar to‘g‘risidagi Nizomning 2-bobi 1-§ va 2-§ida nazarda tutilgan (elektron onlayn-auksionlarni narxlarni oshirish usuli bilan o‘tkazish) tartiblariga ko‘ra elektron onlayn-auksionlarni takror o‘tkazilishi mumkin.

IV. Ikkinchi bosqich. Asosiy bo‘lmagan aktivlarni to‘lovlarini
bo‘lib to‘lash shartlari asosida sotish


4.1. Birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha ob’yekt sotilmagan taqdirda u E-auksion savdo platformasida to‘lovlarni bo‘lib to‘lash sharti bilan takror elektron onlayn-auksionni o‘tkazish yo‘li bilan quyidagicha qo‘yiladi:

  • qiymati 3 mln. AQSh dollaridan oshmaydigan ob’yektlar bo‘yicha (QQS bilan) Toshkent shahar Bosh boshqarmasi/Qoraqalpog‘iston Respublikasi/viloyatlar filiallarining Kredit Qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish Ishchi guruhining qarori va taqdimnomasiga asosan.

  • qiymati 3 mln. AQSh dollaridan oshadigan (QQS bilan) va Bankning qaror qabul qilgan sanasidagi 1-darajali kapitalining 10%dan ko‘p bo‘lmagan ob’yektlari bo‘yicha Bank Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi ko‘rib chiqadi.

  • qiymati Bankning sof aktivlari 1-darajali kapitalining 10% dan 15 % gachasini tashkil etuvchi ob’yektlari bo‘yicha Bank Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan qarorlarni Bank Boshqaruvi ko‘rib chiqadi;

  • qiymati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yirik bitim qiymatiga mos keluvchi ob’yektlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi/Bank Boshqaruvining taqdimnomasiga binoan Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqadi.

Ob’yektning boshlang‘ich narxi ushbu Nizomning 2.4-bandiga muvofiq mulkning balansga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilganidek mulkni balansga qabul qilish qiymatining miqdorida qo‘shimcha qiymat solig‘ini kiritgan holda belgilanadi.
To‘liq bo‘lmagan bir martalik to‘lov shartlari bo‘yicha ob’yekt quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:

Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling