10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining xarid qilingan va sotishga mo‘ljallanganlari
sifatida tasniflangan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa
qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-
huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur
hisobvaraqqa o‘tkazilgan boshqa obligatsiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan tijorat
banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va
muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |