O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining raisi
F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 17-iyul,
15/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan 2004-yil 17-iyul, 15/3-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining
HISOBVARAQLAR REJASI
I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi,  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi,  “Bank  va
banklar faoliyati to‘g‘risida”gi  qonunlari  talablariga  muvofiq  hamda  Moliyaviy  hisobotlarning
xalqaro  standartlari  asosida  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  u  O‘zbekiston  Respublikasi  tijorat
banklarida  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  tashkil  etishning  yagona  metodologik  asoslarini
belgilab  beradi.  Tijorat  banklari  tomonidan  buxgalteriya  hisobi  ular  O‘zbekiston  Respublikasi
qonunchiligida  belgilangan  tartibda  yuridik  shaxs  sifatida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  vaqtdan
boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat  banklari  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirishda  va  ularni  buxgalteriya
hisobida  aks  ettirishda  Markaziy  bankning  me’yoriy  hujjatlariga  va  amaldagi  qonunchilikka
qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur  hisobvaraqlar rejasi  bank operatsiyalarining  buxgalteriya hisobini aks ettirish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar  rejasi  bank  operatsiyalarining  hisobini  yuritish,  tahlil  qilish,  guruhlash
va  ularga  doir  hisobotlarni  tuzishda  qo‘llanadigan  Bosh  kitob  hisobvaraqlarini  ro‘yxatidan
iboratdir.
Xatolarni  to‘g‘rilash  va  hisob  siyosatidagi  o‘zgarishlar  bo‘yicha  tuzatishlar  kiritishda,
hisobvaraqlarning  ta’riflarida  ko‘zda  tutilmagan  bo‘lsa  ham  hisobvaraqlarning  debet  va
kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.


Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga
asoslangan  bo‘lib,  chet  el  valyutasidagi  operatsiyalarning  hisobi  yuritilishi  mumkin  bo‘lgan
barcha  hisobvaraqlarda  chet  el  valyutasidagi  operatsiyalar  hisobini  aks  ettirish  imkonini
beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik
hisobni  yuritish  uchun  esa  Yordamchi  kitoblar  ochiladi.  Har  bir  valyuta  bo‘yicha  Yordamchi
kitoblardagi  summalar  yig‘indisi  Bosh  kitoblarning  tegishli  balans  hisobvaraqlaridagi
summalar  yig‘indisiga  mos  kelishi  kerak.  Bank  tomonidan  amalga  oshiriladigan  har  bir
operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak.
Hisobot  sanasida  Bosh  kitoblarning  chet  el  valyutalari  bo‘yicha  jami  summalari  milliy
valyutaga  o‘tkaziladi  va  hisobot  davri  davomida  amalga  oshirilgan  barcha  operatsiyalar
bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi  quyidagi sxema  bo‘yicha
beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
S
MM
SS
C
Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi):
1
Aktiv
2
Majburiyatlar
3
Kapital
4
Daromadlar
5
Xarajatlar
9
Ko‘zda tutilmagan holatlar
MM
Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)
SS
Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 —
“Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” va boshqalar);
“Aktivlar” bo‘limidagi “...zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun
SS o‘rnida 99 raqam qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:


Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy
bank,  tijorat  banklari  boshqarmalari  hamda  tijorat  banklari  menejmentiga  boshqarish  uchun
zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar  rejasida  har  bir  hisobvaraqning  aktiv  yoki  passiv  bo‘lishi  aniq  belgilab
qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv
hisobvaraqlarga  “Aktivlar”,  “Xarajatlar”  va  “Ko‘zda  tutilmagan  holatlar”  bo‘limlaridagi  balans
hisobvaraqlari,  passiv  hisobvaraqlarga  “Majburiyatlar”,  “Kapital”  va  “Daromadlar”
bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning  real  qiymatini  aks  ettirish  maqsadida  “Aktivlar”  bo‘limiga  kontr-aktiv
hisobvaraqlari,  majburiyatlarning  real  qiymatini  aks  ettirish  maqsadida  esa  “Majburiyatlar”
bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Ko‘zda  tutilmagan  holatlar”  bo‘limiga  operatsiyalarni  ikki  yoqlama  yozuv  uslubi
bo‘yicha  aks  ettirish  va  amalga  oshirilgan  operatsiyalarning  to‘g‘riligini  qo‘shimcha  nazorat
qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi  hisobvaraqlardan  tashqari  “Aktivlar”  likvidlilik,  “Majburiyatlar”  esa  muddatlilik
tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur  hisobvaraqlar  rejasida  har  bir  ikkinchi  tartibli  balans  hisobvarag‘i  uchun
hisobvaraq  ta’rifi  berilgan  bo‘lib,  unda  hisobvaraqning  debeti  va  krediti  bo‘yicha  qanday
operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatilgan. Batafsil analitik hisob
yuritish  uchun  banklarda  shaxsiy  hisobvaraqlardan  tashqari  qo‘shimcha  jurnal  hisobi  va
reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limi uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu
bo‘limlardagi  hisobvaraqlar  bank  ichki  hisobvaraqlari  hisoblanadi.  Tijorat  banklari  Markaziy
bank  talablari  va  ichki  hisob  siyosatidan  kelib  chiqqan  holda  ushbu  hisobvaraqlarda  analitik
hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling