16377 Shartnoma bo‘yicha hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi
lozim bo‘lgan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida
to‘lanmagan (aktivlar va vositachilik haqi bo‘yicha foizlarni hisobga olish uchun balansdan
tashqari hisobvaraqlarda o‘tkazgunga qadar hisoblangan va muddati kechiktirilgan) foizlar
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblangan, biroq
muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnoma bo‘yicha olish uchun
hisoblangan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |