16563 Yig‘ilgan eskirish summasi — Ombordagi asosiy vositalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning
qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda saqlanadigan asosiy vositalarning eskirish qiymati
va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan
tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish vayoki boshqa yo‘l bilan
hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish
hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |