22512 Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar bilan
hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar
hisobi.
Hisobvaraqning kreditida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa
jamg‘armalarga o‘tkaziladigan bank tomonidan ushlab qolingan mablag‘lar summalari aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa
jamg‘armalarga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma va to‘lov turlari bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |