23204 Bir martalik o‘zaro hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjet muassasalari, korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro bir
martalik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan va Moliya vazirligi
Fondidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Davlat budjetidan va Moliya vazirligi Fondidan ajratilgan
mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilardan kelib tushgan mablag‘lar aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblarda ishtirok etuvchilarning 23204-
hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki o‘zaro hisob-kitobda fondalanilmagan mablag‘lar
qismini Moliya vazirligi Fondi tomonidan ajratilgan hisobvaraqqa qaytarilgan summasi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ishtirokchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |