23696 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal
qiymati bilan sotilgan narxi o‘rtasidagi ijobiy farq — mukofot (agar, mavjud bo‘lsa, sotilgan
vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning ularni nominal qiymatidan yuqori
bahoda sotgandagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatli qog‘ozlarini to‘lashda va/yoki ularni
keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi
mukofot summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |