30600 Qo‘shilgan kapital
30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan
oshadigan narx bo‘yicha imtiyozli xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya
daromadining hisobi, shuningdek bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi
bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati
bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib
olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan
belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek
imtiyozli xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi
(ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |