54125 Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
bo‘yicha foizli xarajatlar
54128 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli
xarajatlar
54101 O‘zRMBdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun
ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlardan yoki boshqa banklardan olingan kreditlar (mohiyati
bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha bankning foizli xarajatlari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha
to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish
summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |