56110 Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va
stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari hamda ular va ularning bolalari
uchun sog‘lomlashtirish lagyerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boppqalarga o‘rnatilgan
tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada
davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |