O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

10307 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  bankning  O‘zRMBga  naqd  pul  olish  uchun  o‘tkazilgan
mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning  debetida  O‘zRMBga  naqd  pul  olish  uchun  o‘tkazilgan  mablag‘lar  aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan naqd pullar kelib tushganda hisobdan chiqarilgan
qoldiq summa va/yoki qaytarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10309  O‘zRMBdagi  majburiy  zaxira  hisobvarag‘idan  olinishi  lozim  bo‘lgan
mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMB majburiy zaxiralariga o‘tkazilgan mablag‘lari
harakati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning  debetida  bankning  vakillik  hisobvarag‘idan  O‘zRMBga  o‘tkazilgan
majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  O‘zRMBdan  bankning  vakillik  hisobvarag‘iga  qaytarilgan
majburiy zaxira mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling