Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovlarni amalga oshirishda 20802 — “O‘zRMBning vakillik
hisobvarag‘i — Vostro” hisobvarag‘ida ilgari mavjud bo‘lgan kredit qoldig‘idan oshib ketish
natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro”
hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 20802 — “O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i — Vostro”
hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |